Messi, Neymar, Ramos, Di Mariya, Paredes va Verratti - PSJning "Klermon"ga qarshi o'yin uchun qaydnomasida emas
11 sen 2021 15:04
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/657256_original.jpg)
![](/upload/storage/657256_220.jpg)
Messi, Neymar, Ramos, Di Mariya, Paredes va Verratti - PSJning "Klermon"ga qarshi o'yin uchun qaydnomasida emas
PSJ Liga 1 5-tur doirasidagi "Klermon"ga qarshi o'yin uchun qaydnomasini elon qildi.
Kutilganidek, parijliklar tarkibidan argentinaliklar Lionel Messi, Anxel Di Mariya va Leandro Paredes, shuningdek braziliyalik Neymar o'rin egallamadi.
Jarohat sabab esa o'yinni Serxio Ramos, Marko Verratti, Xuan Bernat, Kolen Dagba va Leven Kurzava o'tkazib yuboradi.
Qaydnomaga PSJning yangi o'yinchisi Nunu Mendesh kiritildi. 19 yoshli himoyachi transfer oynasining so'nggi kunida "Sporting"dan ijaraga olingan edi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar