Messi Neymardan oldin so'nggi marta penaltini Ibragimovichga bergan
12 fev 2015 10:46
Yangiliklar


Messi Neymardan oldin so'nggi marta penaltini Ibragimovichga bergan
"Barselona" va "Vilyarreal" o'rtasidagi Ispaniya Kubogi yarim final uchrashuvidan so'ng, Lionel Messi maydonda bo'la turib Kataloniya klubining penaltisini Neymar tepganiga hamma hayron qoldi.
So'nggi marta bu hodisa 2010 yilda yuz bergan. O'shanda Messi hozirda PSJ sharafini himoya qilayotgan Zlatan Ibragimovichga 11 metrlik standartni bergan.
Kechagi o'yin 3:1 hisobida mezbonlar foydasiga hal bo'ldi, ammo Neymar raqib darvozasini nishonga ola bilmadi.

Fikrlar