Messi Libertadores kubogida debyut qilishi mumkin
20 iyu 2024 21:23
Yangiliklar
Messi Libertadores kubogida debyut qilishi mumkin
"Inter Mayami"ning argentinalik hujumchisi Lionel Messi yangi turnirda ishtirok etishi mumkin.
Messi faoliyati davomida KONMEBOL mintaqasidagi klublar o'rtasidagi asosiy xalqaro turnir — Libertadores kubogida o'ynamagan. Leo "Inter Mayami" futbolchisi sifatida bu bo'shliqni to'ldirishi mumkin.
Klub akciyadori Xorxe Mas Libertadores kubogiga taklifnoma olish istagi haqida gapirdi. “Bir kun kelib Libertadores kubogida qatnashamiz degan umiddamiz. Menimcha, bu muhim maqsad, ayniqsa Leo bu turnirda hech qachon ishtirok etmagani uchun”, - dedi Mas Ole nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Lionel Messi 2023 yilning yozida “Inter Mayami”ga o'tgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar