Messi LaLigada 400-golini nishonladi
14 jan 2019 00:48
Yangiliklar
Messi LaLigada 400-golini nishonladi
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi LaLiga 19-turida "Eybar" darvozasiga gol urishga erishdi.
31 yoshli argentinalik Ispaniya chempionatidagi 435-uchrashuvida 400-golini urdi va futbol tarixida LaLigadagi gollari bo'yicha to'rt yuzlik marrani zabt etgan birinchi futbolchi bo'ldi.
"Yuventus" forvardi Krishtianu Ronaldu primeradagi gollari soni bo'yicha ikkinchi o'rinda bormoqda. Krishti "Real" tarkibida 292ta uchrashuvda 311ta darvoza to'rini nishonga olgan.
Kuchli uchlikni "Atletik" hujumchisi bo'lgan Telmo Sarra yakunlab beradi. Ispaniyalik sobiq forvard 1940-1955 yillarda klub safida 277ta bahsda 251 marta raqib darvozabonlarini ranjitgan.
Joriy mavsumda Messi 17ta gol urdi va 10 marta golli pasni amalga oshirdi. Oxirgi 5ta turda 8 marotaba o'z ismini tabloga yozdirib qo'ydi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar