Messi: "Koronavirusdan istalgan joyda zararlanish mumkin"

Mirjalol Normatov
17 may 2020, 10:49
"Barselona" hujumchisi Leo Messi koronavirus haqida gapirdi.

"Uydan chiqishing bilanoq koronavirusdan istalgan joyda zararlanish xavfi paydo bo'ladi. Menimcha bu haqida o'ylamaslik kerak yoki uydan umuman chiqmaslik kerak. Barchamiz tibbiy ko'rsatmalar va profilaktik chora-tadbirlarga amal qilishimiz kerak", - dedi Messi "Mundo Deportivo" nashriga.

Oldinroq 18 may kunidan boshlab, Ispaniyadagi jamoalar guruh bo'lib mashg'ulotlarda qatnashishiga ruxsat berilishi haqida ma'lumotlar tarqagandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo