Messi Jahon kubogini "Park de Prens"ga olib chiqmoqchi, ammo PSJ bundan xavotirda
22 dek 2022 11:31
Yangiliklar
Messi Jahon kubogini "Park de Prens"ga olib chiqmoqchi, ammo PSJ bundan xavotirda
Lionel Messi PSJning navbatdagi uy uchrashuvida muxlislarga jahon kubogini ko'rsatmoqchi.
"Goal" xabariga ko'ra, Argentina termasi hujumchisi klub rahbariyatidan kubokni muxlislarga ko'rsatishga ruxsat so'ragan. Biroq klubdagilar bu yaxshi fikrligiga shubha bilan qarashmoqda.
Rahbariyatning fikriga ko'ra, Argentina JCH-2022 finalida aynan Franciya termasini mag'lub etgani asosiy muammo hisoblanadi. Bundan tashqari rahbarlar bu voqeaga finalda xet-trik qayd etgan Kilian Mbappe qanday munosabatda bo'lishini ham bilmaydi va bu borada ham xavotirda.
Eslatib o'tamiz, PSJ 28 dekabr kuni chempionat doirasida "Strasbur"ni qabul qiladi.
Fikrlar