Messi - ispan futbolida bir klub safida 400ta gol urgan birinchi futbolchi
08 dek 2014 09:47
Yangiliklar


Messi - ispan futbolida bir klub safida 400ta gol urgan birinchi futbolchi
"Espanol"ga qarshi uchrashuvda xet-trik qayd etgan "Barselona" hujumchisi Lionel Messi Ispaniya futbol tarixida bir klub safida 400ta gol urgan birinchi futbolchiga aylandi.
"Nou Kamp"da o'tgan o'yin 5:1 hisobida kataloniyaliklar g'alabasi bilan yakunlandi.
27 yoshli futbolchining "Barselona"da urgan gollari son 402taga etdi. Bu uchrashuvda Kataloniya derbilari tarixidagi eng yaxshi to'purarga ham aylandi.

Fikrlar