Messi ikkita gol urdi, "Barselona"dan g'alaba
26 avg 2017 23:05
Yangiliklar
Messi ikkita gol urdi, "Barselona"dan g'alaba
Ispaniya chempionati doirasidagi "Alaves" – "Barselona" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Uchrashuvning birinchi bo'limida Lionel Messi hakam tomonidan belgilangan penaltidan gol ura olmadi. Ikkinchi taymda esa uning o'zi ikki bor raqib darvozasini ishg'ol qilib jamoasiga g'alaba keltirdi - 2:0.
Alaves – Barselona 0:2
26 avgust, 21.15, Mendisorrosa
Gollar: 0:1 – 55 Messi, 0:2 – 66 Messi.
Amalga oshirilmagan penalti: Messi 39
Alaves – Pacheko, Ruano, Eli, Vigaray, Pedrasa, Pina, Manu Garsiya, Romero, Mubarak (Zidan, 77), Ibai Gomes (Burgi, 67), Sobrino (Santos, 78).
Barselona – ter Stegen, Pike, Alba, Aleish Vidal (Pako Alkaser, 57), Umtiti, Inesta (Paulino, 88), Buskets, Serdji Roberto, Rakitich, Deulofeu (Denis Suares, 71), Messi.
Ogohlantirishlar: Umtiti (32), Mubarak (36), Eli (38), Serdji Roberto (41), Pike (45).
Uchrashuvning 39-daqiqasida Messi penaltidan gol ura olmadi
55-daqiqada Messi hisobni ochdi
Bu gol futbolchining Ispaniya chempionati doirasidagi 350-gol bo'ldi.
66-daqiqada Messi dublga erishdi
Fikrlar