So’nggi yangiliklar

10:33МЮ афсонаси профессионал ММАда дебют қилади. У илк рақиби сифатида «Барселона» афсонасини кўрмоқда  1 10:12«Арсенал» «Челси» ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 09:45Гвардиола Родрининг қачон майдонга қайтиши ҳақидаги саволга жавоб берди  0 09:18«Рома» АПЛдан ҳужумчи сотиб олмоқчи  4 08:50Пролига. Бугун 4-тур давом эттирилади  0 08:22ЦСКА Файзуллаевга нарх белгилади  11 07:54Суперлига. Бугун 7-турга старт берилади  6 07:26«Атлетико» «Реал»нинг кечаги ҳаракатларига кескин муносабат билдирди  31 06:52«Навбаҳор» стадионига янги раҳбар тайинланди  2 01:47Франция. ПСЖ мавсумдаги илк мағлубиятини қабул қилди  6 01:13"Реал" финалга боради, ўйин бекор қилинмайди  35 00:51Флик: "Ҳакамларни нафақат ҳурмат қилиш, балки, қадрлаш ҳам керак"  18 00:15Хавьер Тебас: "Перес шикоят қилмайди, таҳдид қилади"  20 23:44Элит ОЧЛ. "Ал Ҳилол" Жанубий Корея жамоасига 7та гол урди ва ярим финалга йўл олди  13 23:17"Реал"дан расмий баёнот: "Буни қабул қилиб бўлмайди"  17

Messi haq bo'lib chiqdi Yangiliklar

Messi haq bo'lib chiqdi

"Barselona"ning "Enfild"dagi yirik mag'lubiyatidan ko'proq Lionel Messi afsuslanayotgan bo'lsa kerak.

Kataloniya klubi Angliyada 0:4 hisobida taslim bo'ldi, biroq Dembele o'sha golni urganida...

"Barselona" hamda "Liverpul" o'rtasidagi "Kamp Nou"da bo'lgan bahsni yodga olamiz. Uchrashuvning 96-daqiqasi, "qizillar" 0:3 hisobida mag'lub bo'lyapti va to'pni burchakdan o'yinga kiritishmoqda. Pike bosh bilan to'pni Dembelega tashlab berdi.

Messi, Pike va Dembele katta tezlikda qarshi hujumga o'tishdi va maydonning narigi tomonigacha etib borishdi.


Darvozaga 12 metr qolganida Dembele ochiq turgan Messiga pas berdi.


Raqibning uch futbolchisi etiborini o'ziga qaratgan Leo to'pni Dembelega qaytaradi. Ajoyib vaziyat!


Usmon 13 metrlardan darvozaga zarba berdi, ammo zarba futbolchi kutgandek bo'lmadi va Alisson to'pni egallab oldi.


Kiper to'pni maydonga tashlashi bilan hakam o'yin yakunlanganini bildiruvchi xushtakni chaldi. Dembele aybdorligini bilib, atrofga qarayapti, maydonda yotgan Messi esa mamnun emas.

O'yindan keyin Leo shunday degandi: "Bahsdagi so'nggi vaziyat... Dembele gol urishi kerak edi. SHunda "Enfild"da osonroq bo'ladi. Ammo 3:0 ham ajoyib natija".

"Enfild" esa oxirigacha o'ynash kerakligini isbotlab berdi.

Reyting: +88   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика