Messi: "G'alaba qozona olmagan bo'lsakda, CHili bilan o'yin natijasidan mamnunman"
04 iyu 2021 08:29
Yangiliklar
Messi: "G'alaba qozona olmagan bo'lsakda, CHili bilan o'yin natijasidan mamnunman"
Argentina terma jamoasi azosi Lionel Messi JCH-2022 saralashi doirasida CHiliga qarshi o'yindan so'ng (1:1) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Oxirgi marta yig'ilganimizga ancha vaqt bo'lgandi. Qaytish oson bo'lmadi. Ammo biz yaxshi o'yin ko'rsata oldik. G'alaba qozona olmagan bo'lsakda, natijadan mamnunman.
Bosqichma-bosqich yana kuchayishimiz lozim.
Bu Diego Maradonasiz birinchi o'yin edi. U uchun milliy terma jamoa qanday ahamiyatga ega bo'lganligini, u doimo biz bilan birga ekanligini bilamiz", - dedi Messi.
Fikrlar