Messi faoliyatini qaysi mamlakatda davom ettirishni xohlashini aytdi
28 dek 2020 13:50
Yangiliklar
Messi faoliyatini qaysi mamlakatda davom ettirishni xohlashini aytdi
"Barselona" forvardi Lionel Messi faoliyatini Amerika Qo'shma SHtatlarida davom ettirishni xohlaydi.
"Men faoliyatimni AQSHda davom ettirishni va bu mamlakatdagi hayotni ko'rishni xohlardim. Ammo yakunda "Barselona"ga qaytishni xohlayman, qanday maqomda, buni bilmayman. Uzoqqa qaramoqchi emasman, shunchaki mavsumning qanday yakunlanishini ko'rmoqchiman.
Faoliyatimni tugatgandan so'ng nima qilaman? Bilmadim, ammo futbolda nimadir qilaman. O'zimni murabbiy sifatida ko'rmayapman, ammo sport direktori bo'lishim mumkin. Ko'ramiz", - deydi Messi.
Argentinalik forvardning "Barselona" bilan tuzgan shartnomasi mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
01:50
Ispaniya Superkubogi. "Barselona" "Atletik"ni o'ta yirik hisobda taslim etib, finalga yo'l oldi 40
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar