Messi faoliyatida ikkinchi marta bir o'yinda ham jarimadan, ham penaltidan gol urdi

Mirjalol Normatov
10 noya 2019, 12:25
"Barselona" LaLiganing 13-turi doirasida o'z maydonida "Selta"ni mag'lubiyatga uchratdi.

Hujumchi Leo Messining xet-triki va yana bir kiritilgan gol evaziga kataloniyaliklar 4:1 hisobida g'alabaga erishishdi.

Qayd etish kerak, Messi faoliyatida ikkinchi marta bir o'yinda ham penalti ham jarima zarbasidan gol kiritdi. Birinchi holat 2012 yili "Espanol"ga (4:0) qarshi o'yinda kuzatilgandi.

Eslatib o'tamiz, Messi Primerodagi 34-xet-trikini nishonladi va bu borada Krishtianu Ronaldu bilan tenglashib oldi.

13 o'yindan keyin "Barselona" "Real" bilan bir xil 25 ochko jamg'argan holda birinchi o'rinni bo'lishib turishibdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal