Messi "El-Klassiko"ni o'tkazib yuboradimi?
26 sen 2019 21:50
Yangiliklar
Messi "El-Klassiko"ni o'tkazib yuboradimi?
"Barselona" sardori Lionel Messi 1 oygacha muddatni o'tkazib yuborishi mumkin, deya xabar berdi El Chiringito.
32 yoshli forvardga chap oyoq sonining mushaklari cho'zilganligi tashxisi qo'yilgan va 1 oy muddatgacha maydonga tusha olmasligi malum bo'ldi.
Seshanba kuni Messi "Vilyarreal"ga qarshi uchrashuvning (2:1) asosiy tarkibida tushdi. Ammo, shifokorlar yordamiga muhtoj bo'lgan argentinalik futbolchi birinchi bo'limdan keyin almashtirildi.
SHunday qilib, Leo LaLiganing "Xetafe", "Sevilya", "'Eybar"ga qarshi o'yinlari, ECHLda "Inter" va "Slaviya" bilan o'yinlarida qatnasha olmaydi.
Eslatib o'tamiz, 26 oktyabr kuni "Barselona" "Real" bilan o'ynaydi.
Fikrlar