Messi: "CHempionmiz! Klub tarixidagi ilk sovrin uchun xursandman"
20 avg 2023 14:31
Yangiliklar
Messi: "CHempionmiz! Klub tarixidagi ilk sovrin uchun xursandman"
Leo Messi "Inter Mayami" bilan sovrin qo'lga kiritgani haqida gapirdi.
"Inter Mayami" Ligalar Kubogi finalida "Neshvill"ni penaltilar seriyasida mag'lub etdi. 36 yoshli forvard esa turnirning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi. U 7 o'yinda 10ta gol urishga erishdi.
"CHempionmiz! Klub tarixidagi ilk sovrin uchun xursandman. Har bir futbolchi buning uchun katta kuch ishlatdi va hissasini qo'shdi.
Umid qilamanki, bu endi boshlanishi. Olg'a, "Inter Mayami"!", - deb yozadi futbolchi.
Ligalar Kubogi - AQSH va Meksika klublari ishtirok etadigan klublar turniri. SHu yildan ushbu turnir KONKAKAF bayrog'i ostida o'tkaziladigan bo'ldi. Florida klubi ushbu turnirda g'olib bo'lgani uchun KONKAKAF CHempionlar Kubogida 1/8 finaldan ishtirokini boshlaydi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar