So’nggi yangiliklar

13:05Уч нафар ўзбекистонлик футболчи Англия клубида кўрикдан ўтиш учун жўнаб кетди  3 12:39"Реал" Браим Диаснинг келажаги борасида бир қарорга келди  0 12:13Суперлига 13-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  1 11:54Ўзбекистон Кубоги 1/8 финалида ишлайдиган расмийлар маълум  2 11:33"Атлетико" футболчиси КЖЧ ташкилотчилигидан норози  5 11:05Ямаль ва францияликлар: Европанинг 2025 йилдаги энг креатив футболчилари  3 10:42Неймарнинг келажаги маълум  1 10:10“Ал Ҳилол“ Осимхенга сўнгги даҳшатли таклифни юборди  2 09:43“Арсенал“ Виктор Гёкерешни сотиб ололмаган тақдирда кимни харид қилиши маълум  1 09:16Кайл Уокер АПЛнинг бошқа жамоасига ўтиши мумкин  0 08:50Фатининг кейинги жамоаси деярли аниқ  1 08:23Хаби Алонсо “Реал“ футболчиларига ультиматум қўйди  16 07:47CAFA U20 Championship 2025. U-18 терма жамоамиз ҳеч бир учрашувда ғалаба қозонмай мусобақани якунлади  18 07:20Клублар ўртасидаги ЖЧ. Учта қизил кўрсатилган баҳсда “Бенфика“ кичик камбек амалга оширди  2 02:00КЧЖ. "Челси" ишончли ғалабага эришди  3

Messi bilan eksklyuziv intervyu tashkil etildi (to'liq) Yangiliklar

Messi bilan eksklyuziv intervyu tashkil etildi (to'liq)

"Barselona" hujumchisi Lionel Messi klubda qolishini elon qilgandan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Men doim klubni hammasidan yuqori qo'yganman. Ko'p marta "Barselona"dan ketishim mumkin edi.

Pul? Har yil men ketishim va "Barselona"dagidan ko'p topishim mumkin edi. Bu mening uyim ekanligini doim aytganman, men shuni his qilganman va shu davom etmoqda. Har qanday joy bu erdan yaxshi bo'lishini tasavvur qilish qiyin. Men o'zgarishlar, yangi maqsadlar va yangi narsalarga ehtiyoj sezgandim.

Men "Barsa"da o'ynashni davom ettiraman, ketishga bo'lgan kuchli xohishim, ishimga tasir qilmaydi. Maksimum harakat qilaman. Doim g'alaba qozonishni xohlaganman. Men raqobatbardosh bo'lishni xohlayman, yutqazish esa yoqmaydi. Doim klub, o'yinchilar va o'zim uchun eng yaxshisini xohlayman.

Biz CHempionlar Ligasida g'alaba qozonish uchun kerakli yordamni ololmayotganimizni aytdim. Aslida esa hozir ham nima bo'lishini bilmayman. Yangi murabbiy keldi va uning yangi g'oyalari bor.

Bu yaxshi, ammo biz jamoaning bunga qanday munosabatda bo'lishini, bu g'oyalar eng yuqori darajada kurashishga imkon beradimi yoki yo'q, ko'rib chiqishimiz kerak. SHuni aytishim mumkinki, men qolaman va "Barselona" uchun bor kuchimni beraman.

Men klub rahbariyatiga, shu jumladan prezidentga ketishni xohlayotganimni aytdim. Men ularga buni yil bo'yi aytdim. Boshqa tomonga qadam bosish vaqti keldi deb hisobladim.

Klubga yoshroq o'yinchilar, yangi futbolchilar kerakligiga ishonchim komil edi. "Barselona"dagi vaqtim oxiriga etib keldi deb hisoblagandim. Bundan juda azob chekdim, chunki men doim faoliyatimni shu erda yakunlashni xohlashimni aytganman.

Bu juda qiyin yil bo'ldi. Mashg'ulotlarda, o'yin paytida va kiyim almashtirish xonasida menga juda qiyin edi. Hammasi men uchun qiyin bo'ldi, vaqt kelgani sabab yangi maqsadlarni qidirishni boshladim.

Bunga "Bavariya"ga qarshi CHempionlar Ligasidagi o'yin natijasi sabab bo'lmadi, yo'q. Men bu qarorni uzoq vaqt o'yladim. Men bu haqda prezidentga xabar qildim, u esa meni har mavsum so'nggida o'zim uchun qaror chiqarishim mumkinligini aytdi, aniqrog'i hammasini o'zim hal qilishimni. U so'zining ustida turmadi.

Rafiqam va bolalarimga ketmoqchi ekanlimni aytganimda, qattiq drama bo'ldi. Butun oilam yig'ladi, bolalarim Barselonadan ketishni va maktablarini o'zgartirishni xohlashmadi. Ammo, men oldinga qarardim. Men eng yuqori darajada o'ynashni, sovrinlar yutishni, CHempionlar Ligasida musobaqalashishni xohlayman. Turnirda yutishingiz va yutqazishingiz mumkin, sababi bu juda qiyin narsa, ammo kurashish kerak.

Mateo (Messining o'g'li) hali kichkina va boshqa joyga ko'chishni va u erda bir necha yillar yashash nima ekanligini tushunmaydi. Tyago (Lionelning katta o'g'li) televizordan nimanidir eshitdi va menga savollar berdi. Men uning boshqa joyga ko'chib o'tishini va yangi maktabga borishga majburlayapti deb o'ylamasligini umid qilgandim. U yig'lab yubordi va dedi: "Men hech qaerga ketmayman". Bu juda og'ir edi.

Bolalarim shu erda o'sishdi. Ketish istagining hech qanday yomon joyi yo'q. Bu men uchun, klub uchun kerak edi va bu barcha uchun yaxshi bo'lar edi. Rafiqam esa qalbimdagi og'riqlarga qaramasdan, meni qo'llab-quvvatladi va hamroh bo'ldi.

"Barselona"ga sodiqligimga shubha qilgan odamlardan va jurnalistlardan eshitgan narsalarim meni chinakamiga xafa qildi. Ular shunday gaplar aytishdiki, huddi men bularga loyiq emasdek edim. Bu menga odamlarni haqiqiy ko'z bilan ko'rishimga yordam berdi.

Futbol olami juda murakkab, unda soxta odamlar ko'p. Ushbu voqea ularning ko'pchiligini tanib olishimga yordam berdi. Mening bu klubga muhabbatimni shubha bilan gapirishganda bu narsa juda og'ir botdi. Kelajakdagi faoliyatim qanday rivojlanishidan qati nazar "Barsa"ga bo'lgan sevgim hech qaerga ketmaydi.

Ular meni 10 iyundan oldin ketishni xohlaganimni aytmagan deb aybdor qilishdi. Ammo biz iyun oyida ham chempionatda o'ynadik, bu lanati virus barcha taqvimni o'zgartirdi.

SHu sababdan men klubda o'ynashni davom ettirdim. Prezident menga ketishning yagona yo'li 700 million evro to'lash ekanligini aytdi.

Men hech qachon "Barsa" bilan sudlashmayman, chunki menga hamma narsani bergan bu klubni sevaman. "Barselona" mening hayotim", - dedi Leo.



SHunday qilib "Barselona", umuman futbol afsonasi kamida yana 1 yil Ispaniyada to'p tepadigan bo'ldi.


Alisher Ostonov tarjimasi



Reyting: +68   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика