Messi "Barsa" bilan mashg'ulot o'tkazishda davom etadi. U klub sankciyalaridan qochmoqchi
26 avg 2020 22:51
Yangiliklar
Messi "Barsa" bilan mashg'ulot o'tkazishda davom etadi. U klub sankciyalaridan qochmoqchi
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi klubni tark etmoqchi bo'lganiga qaramay, jamoa bilan birga mashg'ulot o'tkazishda davom etadi.
Bu haqda Diario Sport xabar qildi. Argentinalik charm to'p ustasi "Barsa" rahbariyati uni jarimaga tortishi yoki intizomiy choralar qo'llashi uchun asos bo'luvchi har qanday ishdan tiyiladi. Messi klub bilan tortishuvlardan qochmoqchi.
"Barselona"ning Ronald Kuman qo'l ostidagi birinchi mashg'uloti dushanba kuni o'tkaziladi. Unda qatnashish uchun futbolchilar yakshanba kuni koronavirus testidan o'tishlari kerak.
Fikrlar