So’nggi yangiliklar

21:25"Дўстлик" бош мураббийи Шуҳрат Қурбонов: "Ўзгаришларсиз футбол бўлмайди"  0 21:05"Барселона"ни таслим этган Усмон Дембеле ЕЧЛда ҳафта ўйинчиси деб топилди  3 20:44Муҳсин Низомиддинов: «Ҳар икки жамоани ажойиб ўйин билан табриклайман»  0 20:32Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ўзбекистон иккинчи турда Ироқни мағлуб этди  6 20:30Максим Шацких: "Захирада деярли ёш болалар ўтиришди"  4 20:10U-23 Осиё Кубоги. Корея Ли Ён Жуннинг дубли эвазига Хитойни мағлуб этди  1 19:54Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" Сирдарё ФАга 5 та гол урди, "Металлург" ишончли ғалабага эришиб, плей-оффга чиқди, "Қўқон-1912" сафарда "Пахтакор" билан дуранг ўйнади  21 19:29Ўзил "Эл Класико" даражаси тушишида "Барселона"ни айблади  7 19:05Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" – "Қўқон-1912" 0:0. Highlights  1 18:45"Камп Ноу"нинг очилиш санаси маълум бўлди  2 18:20АПЛнинг икки жамоаси "Лейпциг" ҳужумчисига даъвогар  1 17:50Мерсон: "Манчестер Сити" "Реал"ни шарманда қилди"  37 17:23АПЛнинг топ-клублари "Кристал Пэлас" вингерига қизиқишмоқда  0 16:56"Бу буюк мамлакат – Ўзбекистондаги биринчи ФИФА турнири бўлади" — Жанни Инфантино  10 16:30"Барселона" мухлисларининг Париждаги хатти-ҳаракати учун жаримага тортилди  1

Messi 90 mln evroga arzonlashdi! Uch yil ichida narxi eng ko'p tushgan 10 yulduz (mutolaa uchun) Yangiliklar

So'nggi uy yil ichida dunyodagi eng qimmat 10 o'yinchi reytingi juda tez o'zgardi. O'sib chiqayotgan yosh yulduzlar tajribali yulduzlarni siqib chiqarishdi va ular orasida bir necha nafar narxi juda tushib ketganlari ham bor. Biz yulduzlarning narxlari uzoq muddatda pasayishini ko'rib chiqdik va sizga so'nggi uch yil ichida o'yinchilarning transfer qiymatidagi eng katta yo'qotishlari haqida gapirib beramiz.


10. Kevin De Bryuyne, 31 yosh, yarim himoyachi, "Manchester Siti", 150 mln evro → 80 mln evro



Belgiyalik yozda 32 yoshga kiradi. Uning faoliyati yakunlanishga yaqin. Kevin Belgiya terma jamoasi bilan hech narsa yutmadi (jamoa Qatardagi JCHda sharmandali tarzda guruhdan chiqa olmadi), "Manchester Siti" bilan esa hozircha CHempionlar ligasidagi g'alaba tamini tuymadi. Ammo, shu sabab uning o'yini o'zgargani yo'q – yarim himoyachi ko'p gol uradi va tez-tez assistlar ijro etadi. Kevin De Bryuyne uch yil ichida 136ta o'yinda o'z hisobiga 41ta gol va 59ta uzatmani yozdirib qo'ydi.


9. Muhammad Salax, 30 yosh, hujumchi, "Liverpul", 150 mln evro → 80 mln evro



Misrlik uchun so'nggi uch yil muvaffaqiyatli o'tdi. Muhammad Salax mavsum davomida o'rtacha 20ta gol uradi, oldingi mavsumda esa assistlar soni (14) bo'yicha o'z shaxsiy rekordini o'rnatdi va uchta milliy sovrinlarga ega chiqdi – Angliya kubogi, Superkubogi va Liga kubogi. Yosh (30 yosh) – uning transfer narxi tushishida muhim faktor. Muhammad Salax o'ziga oldingidek o'xshamayapti. U APLdagi 19ta o'yinda ettiga to'p kiritdi va mavsum davomida hatto 15ta gol ham ura olmaydiganga o'xshamoqda (bu esa so'nggi besh yildagi gollar soni – 32, 22, 19, 22, 23).


8. Saul Niges, 28 yosh, yarim himoyachi, "Atletiko", 90 mln evro → 15 mln evro



Ispanning cho'qqiga chiqqan paytlari ortda qolganga o'xshaydi. "Atletiko" 2021 yilning yozida uni "CHelsi"ga 5 mln evroga ijaraga berdi. Saul Niges u erda zaxira o'yinchisi bo'ldi (o'rtacha 53 daqiqa o'ynadi, 23ta o'yindan 12tasida asosiy tarkibda), Madridga qaytgach esa ko'pinchi zaxiradan o'yinga qo'shilmoqda (22tadan 12tasida). 28 yoshli yarim himoyachi 2019 yilning noyabridan beri Ispaniya terma jamoasiga chaqirilmaydi. Ammo, Saul 2020/21 yilgi mavsum Ispaniya chempioni bo'ldi, shunday ekan, u "matraschilar" bilan CHempionlar ligasi va klublar o'rtasidagi JCH (u bu sovrinni "CHelsi" bilan oldi)dan tashqari barcha sovrinni yutdi.


7. Dele Alli, 26 yosh, yarim himoyachi, "Beshiktosh", 90 mln evro → 14 mln evro



Angliyalikning 2018/19 yilgi mavsumdan keyingi faoliyati qayg'uli. Dele Allining faoliyatida shunchalik pasayish bo'ldiki, 26 yoshida Turkiya chempionatiga yo'l oldi. U 2018/19 yilgi mavsumda oltita jarohat oldi, shundan so'ng esa oldingi darajasiga qayta olmadi, 2022 yilning birinchi yarmida esa "Everton"da faoliyatini qayta uyg'ota olmadi (13ta o'yin, maydonda o'rtacha 28 daqiqa). U joriy mavsum "Beshiktosh"da 15ta o'yindan 9tasida asosiy tarkibda maydonga tushdi, bitta o'yin oldin hatto Superligada turk klubi uchun ikkinchi golini ham urdi. Dele Alli Angliya terma jamoasi libosini uch yarim yildan beri kiymayapti.


6. Neymar, 30 yosh, hujumchi, PSJ, 160 mln evro → 75 mln evro



Neymar qarimoqda – 5 fevralda 31ga kiradi. Forvard Braziliya terma jamoasi bilan Amerika kubogini ham, Jahon chempionatini ham yutmadi, PSJ bilan esa hozircha CHempionlar ligasini qo'lga kiritgani yo'q. Ammo, Neymarning so'nggi uch yildagi samaradorligi juda ham pasayib ketgani yo'q. O'zidan farqli ravishda: u 2020 yilning yanvaridan beri parijliklarning 42ta o'yinini 11ta jarohat sabab o'tkazib yubordi. Forvardning joriy mavsum Liga 1dagi ishlari ajoyib – 18ta o'yinda "gol+pas" tizimi bo'yicha 12+10 (oldingi uchtasida – 5ta o'yinda 13+6, 18tasida 9+6, 22tasida 13+6).


5. Lionel Messi, 35 yosh, hujumchi, PSJ, 140 mln evro → 50 mln evro



Argentinalik yozda 36 yoshni qarshi oladi. Transfer narxining tushishi mantiqan yosh bilan bog'liq. Messi PSJda birinchi mavsum aqlbovarqilmas samaradorlik ko'rsatmadi (Liga 1dagi 26ta o'yinda 6+15 va CHLdagi ettita o'yinda beshta gol), ammo ikkinchisi "Barselona"dek samarali bo'ldi. U bilganingizdek Jahon chempionatiga ajoyib formada keldi va eng yaxshi o'yinchi bo'lgan holda (ettita o'yinda 7+3), Argentina bilan uni yutdi. Leo joriy mavsum PSJda barcha musobaqalarda 23ta o'yinda 14ta gol va 14ta assist qayd etdi. Hujumchi 2018 yil cho'qqida 180 mln evroga baholangan. Taqqoslash uchun – Krishtianu Ronaldu 35 yoshida 60 mln evro turgan.


4. Sadio Mane, 30 yosh, hujumchi, "Bavariya", 150 mln evro → 60 mln evro



Senegallikning ham eng yaxshi yillari ortda. Sadio Mane 2020 yildan "Liverpul" bilan Angliya chempionati, Mamlakat kubogi va Liga kubogini qo'lga kiritdi va "Bavariya" bilan Germaniya superkubogiga ega chiqdi. Forvard bu vaqt davomida APLda 86ta o'yinda 35ta gol va 13ta assist qayd etdi. Mane anchadan beri "Liverpul"dan ketishni xohlagani sabab klub bilan shartnomani uzaytirmadi. Nemis klubi 2022 yilning yozida u uchun 32 mln evro to'ladi, o'yinchining o'zi esa uch yillik shartnoma imzoladi. Hujumchi "Bavariya" tarkibida 23ta o'yinda 11ta gol va to'rtta assist qayd etdi, noyabrdan beri esa jarohatidan so'ng tiklanmoqda.


3. Rahim Sterling, 28 yosh, hujumchi, "CHelsi", 160 mln evro → 70 mln evro



Angliyalikning APLda so'nggi mavsumlardagi samaradorligi pasaymoqda (18+15, 17+11, 20+4, 10+8, 13+6). "Manchester Siti" yozda Rahim Sterlingni "CHelsi"ga 56,2 mln evroga sotdi va o'yinchi besh yillik shartnoma imzoladi. 28 yoshli hujumchi asosiy tarkibda maydonga chiqadi va "ko'klar" safida 22ta o'yin (6+3)da harakat qildi. To'rt karra Angliya chempioni 5 yanvardan beri jarohatidan tiklanmoqda.


2. Antuan Grizmann, 31 yosh, hujumchi, "Atletiko", 120 mln evro → 25 mln evro



Francuz uch yil ichida "Barselona"ga o'tishga va "Atletiko"ga qaytishga ulgurdi. Antuan Kataloniya klubida Madriddagidan yomon o'ynadi va "ko'k-anorranglilar" bilan faqatgina Ispaniya kubogini yutdi. Francuz ikki mavsum "Barselona"dagi 71ta o'yinda "gol+pas" tizimida 22+12ni rasmiylashtirdi, ketishidan oldin "Atletiko"da 69ta uchrashuvda 34+17 edi. U hozirda doim ham asosiy tarkibda maydonga chiqmaydi, ammo yaxshi samaradorlik ko'rsatmoqda – La Ligada 19ta o'yinda 6+7. O'tgan yili barchasi yomonroq edi – 26ta o'yinda uchta gol.


1. Eden Azar, 32 yosh, hujumchi, "Real", 120 mln evro → 7,5 mln evro



Belgiyalikning transfer narxi uch yilda 93,8%ga quladi. Bu mutlaq rekord. U uch yarim yil "Real" tarkibida 73ta o'yinda maydonga tushib, ettita gol urdi, terma jamoadagi 20ta o'yinda esa 1+3. Eden Azar shuningdek jarohati sabab 70ta o'yinni o'tkazib yubordi. Forvard bunchalik jarohatlarga qaramay, ikki bor Ispaniya chempionati va Superkubogini yutdi, shuningdek CHempionlar ligasi g'olibi va UEFA Superkubogida zafar quchdi. Footmercato malumotiga ko'ra, belgiyalik "Al-Nassr"ga o'tishi mumkin.


Championat.com saytidan Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика