Messi 8 yanvar kuni maydonga qaytadi
02 jan 2014 16:35
Yangiliklar


Messi 8 yanvar kuni maydonga qaytadi
“Barseloan” hujumchisi Lionel Messi noyabr oyida jarohat olib, safdan chiqqandi. U Argentinada tiklanish jarayonini o'tkazib, Kataloniyaga qaytib keldi, deya xabar bermoqda El Mundo Deportivo.
Yaqin vaqt ichida u jamoa bilan umumiy guruhda mashg'ulot o'tkaza boshlaydi.
Uning maydonga qaytishi esa 8 yanvar kuni “Xetafe”ga qarshi kubok uchrashuvida yuz
berishi ehtimoli yuqori ekaniligi takidlamoqda.
“Barselona” bosh murabbiyi Xerardo Martino unga o'sha o'yinning ikkinchi bo'limida biroz o'ynash imkonini bermoqchi. Ispaniya chempionati 19-turi doirasidagi “Atletiko”ga qarshi o'yinga esa u to'liq tayyor bo'lishi kutilyapti.

Fikrlar