Mertens Maradonaga yetib oldi

Tolibjon Qosimov
29 apr 2019, 16:49
"Napoli" hujumchisi Dris Mertens A Seriya 34-turi doirasida "Frozinone"ga qarshi o'yin (2:0)da gollardan biriga mualliflik qildi.

Bu belgiyalik uchun neapolliklar safidagi 81-gol bo'ldi. Bu borada 31 yoshli forvard klub afsonasi Diego Maradona bilan tenglashib oldi.


"Neapol ramzi va dunyodagi birinchi raqamli futbolchi bilan yonma-yon bo'lish faxr", - deb yozdi Mertens o'zining tvittyerdagi sahifasida.


Mertens "Napoli"ga 2013 yil PSVdan kelgan. U Italiya klubida 202ta o'yin o'tkazgan.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Goal