Mendi "Inter"ga o'tishi mumkin
05 iyu 2021 01:38
Yangiliklar
Mendi "Inter"ga o'tishi mumkin
Francuz futbolchisining o'zi ham "neradzurrilar" safiga o'tishga qarshi emas.
"Manchester Siti" himoyachisi Benjamin Mendi "Inter" futbolchisiga aylanishi mumkin. Xabar qilinishicha, Milan shahri jamoasi yaqin vaqt ichida francuz futbolchisini sotib olishga harakat qiladi.
"Inter" rahbariyati futbolchining jarohatga moyilligidan xavotirda emas va shu sababli Mendini chap qanot himoyasini kuchaytirish uchun asosiy nomzod sifatida ko'rmoqda. Futbolchining o'zi ham klubni o'zgartirishga qarshi emas, chunki u "Manchester Siti"da asosiy tarkib o'yinchisi emas.
Eslatib o'tamiz, Mendi 2017 yilda 57,5 million evro evaziga "Monako"dan "Manchester Siti"ga o'tgandi. O'tgan mavsumda u barcha turnirlarda 20 ta o'yin o'tkazib, ikkita gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar