So’nggi yangiliklar

17:22"Рома"да апрель ойининг энг яхши футболчиси аниқланмоқда: Элдор Шомуродов даъвогарлар қаторида  3 16:56Ҳаммаси жиддий: Рюдигер жароҳати туфайли фаолиятини якунлаши мумкин  1 16:33"Манчестер Сити" икки кунда иккита ўйин ўтказади. Қандай қилиб?  7 16:26Родри тўлиқ машғулотларга қайтди  0 15:59Чин инсонийлик намунаси: Грилиш онасини йўқотган оилага ёрдам берди ва мухлисларга мурожаат қилди  1 15:35"Реал" собиқ устози Қатар терма жамоаси бош мураббийи лавозимига тайинланди  10 15:12Мухлислар билан тўлган, "Навбаҳор" "Оқ-тепа" устидан минимал ғалабага эришган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  3 14:46"Шўртан" Ғузорда бир киши кам қолган "Олимпик"ни йирик ҳисобда доғда қолдирган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:29Салиба "Арсенал"нинг ПСЖдан учралган мағлубиятига баҳо берди  4 14:06Осиё чемпиони бўлган Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Тошкентда йиғин ўтказади  5 13:34Руни: "Умид қиламанки, "Арсенал" ЕЧЛда ғалаба қозонади. Бунинг учун ишонч ва сабр керак"  3 13:05Погба ЖЧ-2026да ўйнамоқчи  0 12:39"Нефтчи" "ФарДУ"ни ишончли ҳисобда ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 12:18Роналду ва Месси бир вақтда Чемпионлар Лигасидан чиқиб кетди  12 11:50Футзал бўйича Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Осиё Кубогига жўнаб кетди  0

"Men uchun futbolchining pasporti ahamiyatsiz, "Bunyodkor" konkret taklif bilan chiqdi" - "qaldirg'ochlar"ning yangi ustozi Aleksandr Krestinin bilan intervyu Yangiliklar

"Men uchun futbolchining pasporti ahamiyatsiz, "Bunyodkor" konkret taklif bilan chiqdi" - "qaldirg'ochlar"ning yangi ustozi Aleksandr Krestinin bilan intervyu

"Bunyodkor" jamoasida birinchi davra yakuniga etgandan so'ng murabbiylar shtabida o'zgarish yuz berganidan xabardorsiz.

Krestinin ustozlik qiladi. Murabbiy allaqachon ishni boshlagan, dastlabki kungi mashg'ulotlardan so'ng asosiy va o'rinbosarlar jamoalari o'rtasida nazorat uchrashuvi o'tkazildi. Unda murabbiylar shtabi futbolchilarning holati va o'rinbosarlar tarkibidagi bir nechta futbolchilarni kuzatishdi. Mazkur o'yindan so'ng Aleksandr Krestinin saytimiz uchun intervyuga mamnuniyat bilan rozi bo'ldi va bir nechta savollarimizga javob berib o'tdi. 

- Ilk norasmiy uchrashuvni o'tkazdingiz. "Bunyodkor"dagi ilk taassurotlar qanday?

- Bunday katta jamoada ishlash albatta yoqimli, boz ustiga ajoyib tarixga ega klubda ekanligim yanada katta masuliyat yuklaydi. To'g'ri hozirgi vaziyatimizni oddiy, deb bo'lmaydi. Lekin barchasini o'rniga keltirish uchun bor kuchimizni ishga solamiz. Qiladigan ishlarimiz ko'p. 

- Avval ham o'zbek klublari bilan muzokaralarga ochiq ekanligingizni aytgansiz. "Bunyodkor" ayni siz kutgan taklifmi?

- Nafaqat o'zbek balki boshqa klublar uchun ham ochiqman. "Bunyodkor" esa ayni konkret taklif bilan chiqdi. SHu bois ko'p ham o'ylab o'tirmadim. Kelishuv tezda amalga oshdi. 

- Qirg'iz futbolida yaxshi natijalar, yorqin taassurotlar qoldirgansiz. Lekin O'zbekiston chempionati daraja jihatdan bir bosh baland hisoblanadi. Bu erda o'zingizni ko'rsatishingizga ishonasizmi?

- Terma jamoadagi natija bilan klubdagini solishtirib bo'lmaydi.  Farqi shundaki, klub bilan har hafta, terma jamoa bilan bir yilda 5-6ta uchrashuv o'tkazasiz. O'zbekiston Superligasining darajasi esa baland, bu borada bahslashishga hojat yo'q. 

- "Bunyodkor" chempionatda 8ta uchrashuvdan beri g'alaba qozona olmayapti. Natijalar qoniqarsiz. Bu vaziyatdan olib chiqib ketish uchun birinchi ishni nimadan boshlaysiz?

- Birinchi davradagi natijalar bari tarixda qoldi. Biz oldinga qarab intilishimiz, kerakli ochkolarni jamg'arishimiz kerak. Men jamoada ishlagan oldingi hamkasblarimni ishini muhokama qilishni istamayman. Oldimizga konkret vazifa qo'yilgan, natijalarni yaxshilashimiz shart. "Bunyodkor" mavsumni imkon qadar yuqoriroq o'rinlarda tugatishi kerak. Bu erga shuning uchun kelganmiz. O'ylaymanki, oldinda turgan qiyin va mashaqqatli vazifalarni birgalikda uddalay olamiz. 

- Futbolchilarda g'oliblik ruhi, shijoat yo'qolganini hisobga olganda ruhiy tayyorgarlik birinchi planga chiqadimi yoki taktik yondashuv?

- Bu kompleks savol. Hozirgi vaziyatda barcha yo'nalishda ish olib boramiz. Mashg'ulotlar jarayonini yaxshilash orqali yigitlarni kayfiyatini ko'tarishga harakat qilamiz. 

- Kuchaytirilishi kerak bo'lgan poziciyalar bormi? Superliga startigacha yangi futbolchilarni ko'ramizmi?

- Qaysidir poziciyani kuchsiz, demagan bo'lardim. Boshqa tomondan tarkibning umumiy ko'rinishi biroz o'zgarishi mumkin. Jamoa bilan yaqindan tanishib, futbolchilarning imkoniyatlarini bilib olishim darkor. SHundan keyingina balki yangi futbolchilar olinar, balki bunga ehtiyoj sezmasmiz. Bu savolga aniq javob bera olmayman. 

- Qirg'iz Respublikasi terma jamoasida ishlaganingizda yoshlarni qo'rqmay tushirardingiz. "Bunyodkor"da esa bu borada tanlov nihoyatda keng. Bu sizga tarkib uchun qo'shimcha imkoniyat beradimi?

- Men uchun futbolchining pasportining ahamiyati yo'q. Barcha yoshlarga eshiklar ochiq. Bu o'zini ko'rsatish uchun ikki karra kuch bilan ishlash degani. O'rinbosarlar safida iqtidorli yosh futbolchilar ko'p. Qolaversa, murabbiylar ham ular bilan munosib ish olib borayotgani ko'rinib turibdi. Akademiya bekorga qurilmagan. Tabiiyki, akademiya tarbiyalanuvchilariga etibor qaratiladi. 

- Futbolchilarning imkoniyatidan kelib chiqib taktika tanlaysizmi yoki taktikangizdan kelib chiqib futbolchilarni jalb qilasizmi?

- Yo'q. Qo'l ostimdagi futbolchilardan kelib chiqib kerakli taktikani tanlayman. SHtabim bilan ularning sifatlarini, imkoniyatlarini o'rganamiz. Futbolchilar yomon emas. Bu yigitlar bilan o'ylaganlarimizni amalga oshira olamiz. 

- Jamoa birinchi davrada uzoq vaqt ko'proq himoyaviy o'yin ko'rsatdi. Ularni hujumkor o'yinga qaytarishda muammo bo'lmaydimi?

- Vazifa, ko'rsatmalar qanday bo'lganini bilmayman. Bu borada muammo ko'rmayapman. 

- Ikkinchi davradan nima kutyapsiz?

- Har bir jamoa turnir jadvalida qattiq kurashmoqda. Ikkinchi davra ham bundan kam o'tmaydi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика