"Men o'z yurtimning askariman va nimani buyurishsa shuni bajaraman" - Karim Bageri terma jamoada ishlaydi
08 mar 2020 12:04
Yangiliklar


"Men o'z yurtimning askariman va nimani buyurishsa shuni bajaraman" - Karim Bageri terma jamoada ishlaydi
Eron terma jamoasiga yangi bosh murabbiy etib Dragan Skochich tayinlanganidan xabaringiz bor.
Hozirda bu murabbiy o'z shtabini yig'ish bilan band. Malumotlarga ko'ra, afsonaviy futbolchilardan biri Karim Bageri terma jamoada xorvatiyalik murabbiyga ko'mak beradi. Bageri shuningdek "Persepolis"dagi ishini ham davom ettiradi.
"Terma jamoada ishlash men uchun katta sharaf. Men o'z yurtimning askariman va nimani buyurishsa shuni bajaraman. Hammamiz bitta maqsad yo'lida ishlaymiz, yani jahon chempionatiga chiqish", - deydi 1998 yilgi jahon chempionatida qatnashgan sobiq futbolchi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar