So’nggi yangiliklar

08:32"FourFourTwo" "Барселона" тарихидаги энг яхши футболчилар рейтингини тузди  2 08:13Райс мухлисларнинг норозилиги ҳақида: "Бу менга ёқмади. Мадуэке ҳали нималарга қодирлигини кўрсатади"  0 01:48Камавинга ва Себальоснинг "Реал"даги тақдири маълум бўлди  0 01:15"Атлетико" Линони 25 миллион еврога сотиб юборди  0 00:55Азиз Холмуродов: "Бизнинг ёш тоифасидаги энг кучли терма - Япония"  1 00:43Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 00:11Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" сафарда ишончли ғалаба қайд этди, Раҳмоналиев майдонга туширилмади  2 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" қийин ғалаба қайд этди, Шомуродовдан дебют  17 23:36Breaking! "Зўр ТВ" ЖЧ-2026 трансляция ҳуқуқини сотиб олди!  18 23:13Тер Штеген операция қилинади  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" дуранг ўйнади, "Актобе"дан кичик ҳисобда ғалаба  1 22:18"Қизилқум" халқаро ўртоқлик учрашувида дуранг қайд этди  0 21:47"Арсенал" 15 миллионлик трансферини эълон қилди  1 21:36"Насаф" назорат баҳсида "Хоразм"ни кичик ҳисобда мағлуб қилди  0 20:50"Машъал" Про-лига вакили билан назорат ўйинида 2 тўп фарқидаги ғалабани ушлаб қола олмади  3

Men - mezbonman! Nima qipti, stadion esa meniki Yangiliklar

Men - mezbonman! Nima qipti, stadion esa meniki

Bugun Superliganing 11-tur bahslari davom ettiriladi.

Bugun Toshkentda bitta, Olmaliqda bitta o'yin bo'ladi. "Paxtakor" stadionida "Surxon" - "Paxtakor" uchrashuvi bo'lib o'tadi. Olmaliqdagi o'yingohda "Andijon" - AGMK bahsi o'tkaziladi. 

SHu bir narsa doim hayron qoldiradi. Projektor masalasi har yili ko'tarib kelinadi. Lekin mavsum boshida hamma tinchgina o'z maydonida o'ynaydi. Negaki bahor oylarida salqin bo'ladi. O'yin vaqtli boshlanib vaqtli tugaydi, projektorni yoqishga hojat qolmaydi. 

Lekin may oxiri - iyun kelishi bilan muammolar boshlanadi. Yana projektor masalasi kun tartibiga chiqadi. Keskin qarorlar qabul qilinadi. Qaysidir kungacha muhlat beriladi. Ammo shunday stadionlar borki, besh yillab projektorga tegmaydi. Qarorlar qog'ozda qolib ketaveradi. Yozning issiq kuni kelishi bilan shoshib qolamiz, chunki o'yinlarni kechki salqinda boshlash kerak bo'ladi. 

To'rtta jamoa stadionida projektor muammosi bor deyildi: "Mashal", "Surxon", "Qo'qon-1912" va "Andijon". Agar tez orada projektor masalasi ijobiy hal qilinmasa, bu jamoalar uy uchrashuvlarini neytral stadionda o'tkazishini eshitdik. Tez orada hal bo'lmasligi aniq ham edi, chunki projektor bir deganda hal bo'lib qoladigan masala emas. 

Bu tur "Mashal" shundoq ham safarda o'ynadi. "Qo'qon-1912" ertaga "Nasaf" bilan o'ynaydi va uy stadioni sifatida "Turon" o'yingohini tanladi. Bu normal holat. CHunki neytral stadion. Lekin biz tushunmagan jihat, nima uchun "Surxon" - "Paxtakor" uchrashuvi "Paxtakor"da, "Andijon" - AGMK o'yini esa Olmaliqda bo'lishi kerak? 

Ikkala o'yinda ham stadion egasi mehmon maqomida o'ynaydi, "Surxon" va "Andijon" go'yoki mezbondek kelib ketadi. Lekin bu nimani o'zgartiradi? Nima uchun PFL bu borada qattiqqo'l emas? Nima uchun mezbon bo'lib o'ynaydigan ikkita jamoa neytral maydon topmadi? Go'yoki mezbon maqomida stadionga kelib aslida mehmon bo'lib o'ynash nima beradi? 

Qizig'i shundaki, bu jamoalar ishtirokidagi ikkinchi davra o'yini ham shu stadionlarda bo'lib o'tadi va bugun mezbon maqomidagilar kuzda mehmon bo'lib keladi. Bu o'rinda "Paxtakor"ning ham, AGMKning ham aybi yo'q, chunki stadion topish bilan mezbon klub shug'ullanadi. 

Balki "Surxon" ham, "Andijon" ham boshqa stadion qidirgan, ammo topa olmagan bo'lishi mumkin. Xo'p, topmagan taqdirda ham raqib jamoa uy stadioniga borib o'ynashi g'alati emasmi?

Reyting: +37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика