So’nggi yangiliklar

01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  2 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  0 00:37"Челси" Стерлингни сотишни истайди, бироқ бир муаммо бор  0 00:14"Ньюкасл" Исакни сотмоқчи эмас  1 23:21Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  2 20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  3 20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  2 20:12Антонио Конте Стерлингни "Наполи"да кўришни истамоқда  2 19:47"Андижон" тарихда илк бор ОЧЛ 2 да: тайёргарлик, қуръа ва учрашувлар санаси  13

Men – Krishtianu Ronaldu Yangiliklar

Men – Krishtianu Ronaldu

"Oltin to'p"ning yangi sohibi Krishtianu Ronaldu haqida barcha malumot bilan tanishib oling.
- Messi bilan men taqqoslashlari yoqmaydi. "Ferrari" va "Porshe"ni solishtirib bo'lmaydi, sababi ular turli avtomobillar.

 - Yanada ko'proq g'alabalarga erishishni istayman. Agar "Oltin to'p"ni yutsam? Uning uchun o'z muzeyimda joy tayyor.

 - Kimdir meni kuchli deb hisoblaydi. Kimdir - Messini. Ammo yakunda ular bittasini tanlashlari kerak. Fikrimcha ayni paytda eng kuchlisi – men.

 - Ham terma jamoada, ham "Real"da baxtliman. SHu bois qandaydir bosimni his qilmayapman.

 - Juda yaxshi bo'lganim uchun meni yomon ko'rishadi.

 - Sizning sevgingiz meni yanada kuchli qiladi, sizning nafratingiz meni o'q o'tmaydigan qiladi.

 - Ser Aleks – futboldagi otam. Uning menga aytgan ilk gapi: "Professional bo'l, o'z maqsadlaringga qarab ildam bor, hech qachon ishonchni yo'qotma".



 - Agar ishlarim u qadar yaxshi ketmasa gazeta va matbuotda o'zim haqimda nimalar yozishayotganini kuzatadiganlardan emasman.

 - Eng yoqimsizi – maydondan tashqaridagi ishlarim uchun tanqid qilishlari.

 - O'zimning ko'plab o'yinlarimni ko'raman. SHu orqali qaysi jihatlarimni kuchaytirishimni bilib boraman.

 - Balki, men Bekxemga o'xsharman. Ammo hech qachon boshqaga qarab harakat qilmayman. Meni o'z stilim bor, shu bois Bekxemga o'xshashligim oddiy tasodif.

 - Mening top-3 moda brendlarim: Tom Ford, DSquared2 va Dolce & Gabbana.

 - Ideal ayol? Irina SHeyk.

 - O'z soch turmagimni ko'p bor o'zgartiraman. Ammo oldingi soch turmaklar tarixda qoldi.

 - Mashinalarni yoqtiraman, bu menga yoqadi. Menda "Bentli", "Ferrari", "Audi", "Porshe", "Mazerati", "Lamborgini" va boshqa avtomobillar bor.



 - Menda ko'p yomon hislatlar bor. Agar bittasini aytish kerak bo'lsa – bu qaysarlik.

 - Men oddiy bola bo'lganman.

 - Akam bilan bitta xonada turardim, xona devorlarida bironta plakat yo'q edi, sababi barcha mebellar bunga imkon bermasdi.

 - Hayotimdagi eng qiyin qaror – futbol o'ynash uchun uyimdan ketganim. Faqat shunday tarzda o'z orzuimga eta olardim. O'shanda 11 yoshda edim.

 - Agar o'g'lim futbolchi bo'lsa zo'r bo'lardi.

 - O'zimga savol berdim: "Agar futbolchi bo'lmaganimda kim bo'lardim?" O'ylashimcha, akalarim va opalarim kabi sotuvchi yoki quruvchi.

 - Meni ismim Ronald Reygan sharafiga qo'yilgani rost. Onam uning AQSH prezidenti sifatida olib borgan ishlarining katta muxlisasi edi.

 - Reygan ishtirokidagi filmlarni ko'rganimni eslay olmayman.

 - Romni yoki Obama? Obamaga ovoz bergan bo'lardim. U ajoyib taassurot qoldirmoqda.

 - Uyda Bollivudda suratga olingan hind kinolarini ko'rardik.

 - Mag'lubiyat – faoliyatimdagi kamchiliklardan biri.

 - Terma jamoada g'alaba qozonish klubdagidan ko'ra qiyinroq.

 - Ispaniyaga Evro-2012da yutqazib qo'yganimizda, yig'lamaganman.

 - Ha, Pepeni dunyoning eng kuchli himoyachilaridan biri deb hisoblayman. Uni juda ham qo'pol deb o'ylaysizmi? Bu noto'g'ri fikr. Agar Pepe maydonga tusha olmasa uni o'rnini boshqasi to'ldira olmaydi.



 - Mag'lubiyatlardan so'ng o'z yaqinlarim bilan birga bo'lishni hush ko'raman.

 -- Bazan niqob ortiga o'tib turish ham kerak, sababi har doim ham barchaga . Bu mumkin emas, bunday qila olmayman.

 - Odamlar meni bilishmaydi. Barcha men haqimda bilishini ham istamayman, faqat yaqinlarim, jamoadoshlarim va do'stlarim. Qolganlar meni tashvishga solmaydi.

 - "Real"dagi ilk kunlarimda Pepe va Kaka bilan ko'p muloqotda bo'lganman, sababi biz bir tilda gaplashamiz. Biroq biz jamoadan ajralib qolmagandik.

 - La Liga – jahondagi eng qiyin chempionat.

 - Joze Mourino – kamtar yigit, juda oddiy. Doim u bilan hazillashardik, kulishardik. Mashg'ulotlarga kelganida, Joze mutlaqo boshqa – jiddiy, professional.

 - Faoliyatimdagi eng yomon kun – "Bavariya"ga qarshi o'yinda penaltidan gol ura olmagan kunim (2012 yil 25 aprel. ECHL yarim final javob uchrashuvi).


Narzulla Saydullaev tarjimasi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика