So’nggi yangiliklar

02:54ШОМУРОДОООООВВВВ!! Элдорнинг голи "Рома"га ғалаба келтирди!  86 00:55Конференциялар лигаси. "Челси" Данияда ғалаба қозонди, "Бетис"дан дуранг  1 00:40Европа лигаси. "Манчестер Юнайтед" дуранг ўйнади, "Тоттенхэм" ютқазди ва бошқа натижалар  12 00:18Гвардиола ПСЖ футболчисини "нишонга олган"  0 23:40"Челси" футболчиси жароҳат олди  1 23:17Дани Алвесни судга беришди  4 22:50Фонсека: "Адолатсизлик"  1 22:15ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди  5 21:35ТАРИХ ЯРАТИЛДИ! Абдуқодир Ҳусанов ой футболчиси!  48 21:15Жаҳон чемпионатида иштирокчилар сони янада оширилиши мумкин!  22 20:42Моуринью: "Мени дисквалификация қилганлар "Галатасарой" либосида буни нишонлади"  6 20:23А Серияда ойнинг энг яхши футболчиси маълум қилинди  3 19:58Ўзбекистон футзал федерацияси расмий ҳомийси эълон қилинди  1 19:33"Бавария" Нойер жароҳати борасида расмий хабар берди  3 19:28"Барселона" Ансу Фати билан келишувга эришди  9

"Men har uch kunda imtihon topshiraman" - Anchelotti Yangiliklar

"Men har uch kunda imtihon topshiraman" - Anchelotti

Italiyalik murabbiy doktorlik dissertaciyasini yoqladi.

Karlo Anchelottining uzoq yillik yutuqlari Parma universiteti tomonidan etirof etildi. Italiyalik sport rivojiga qo'shgan hissasi uchun taqdirlandi.

Universitet Anchelottiga faxriy doktor unvonini berdi. Murabbiy jismoniy faoliyatni moslashtirish fan va texnikasi sohasida o'zini namoyon qildi.

Tibbiyot va jarrohlik fakulteti rahbariyati Anchelotti nomzodini ko'rsatish uchun ariza topshirdi. Taklif Akademik senat tomonidan qabul qilindi va keyin Oliy talim va ilmiy tadqiqotlar vaziri Anna Mariya Bernini tomonidan maqullandi.

Taqdirlash marosimida Anchelotti "Futbol – hayot maktabi" mavzusida doktorlik maruzasini qildi. Murabbiy nutqi davomida yuzida tabassum bilan uni "doktor" deb atashlarini yaxshi ko'rishini takidladi.

"Men doktorlik darajasini oldim va bazilar bir nechta imtihonlardan o'tganimni aytishadi. Darhaqiqat, men ko'p imtihonlardan o'tganman va hamon har uch kunda imtihon topshiraman. Meni doktor deyishsa, yoqadi. Futbolchilarimga meni shunday chaqirishlarini aytaman", – dedi Anchelotti.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика