So’nggi yangiliklar

20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  0 20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  1 20:12Антонио Конте Стерлингни "Наполи"да кўришни истамоқда  0 19:47"Андижон" тарихда илк бор ОЧЛ 2 да: тайёргарлик, қуръа ва учрашувлар санаси  4 19:23ПФЛ ОФКга мурожаат қилиб, халқаро талаблар ҳимоя қилинишини сўради   3 19:05"Юве" "Челси"нинг 68 млн евролик таклифини рад этди – Йилдиз сотилмайди  2 18:36"Бавария" Гарначога қизиқмоқда, футболчи АПЛда қолишни истамоқда  1 18:07"Барселона" Япония бўйлаб тур тақвимини эълон қилди  3 17:39МЮ ҳимоячиси Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  0 17:16Рио Фердинанд Николас Жексонни Дрогбага қиёслайди  2 16:45Сонга Америкадан таклиф тушди  0 16:29Шамиль Яфаров 75 ёшда!  0 16:09"Ҳали трансфер ойнасидаги ишимизни тугатмадик. Ҳимоя чизиғини кучайтиришни режалаштирганмиз" — Вадим Абрамов  2 15:47"Истиқлол": Кожога омад тилаймиз  9 15:21"Насаф" асосий футболчиларидан бири билан шартномани узайтирди  5

Melnichuk ketma-ket ikkinchi yil "Dinamo"ning eng yaxshi futbolchisi Yangiliklar

Melnichuk ketma-ket ikkinchi yil "Dinamo"ning eng yaxshi futbolchisi

Dinamo klubi rasmiy saytida o'tkazilgan so'rovnoma natijalariga ko'ra Andrey Melnichuk ketma-ket ikkinchi marotaba mavsumning eng yaxshi futbolchisi nomiga loyiq ko'rildi.
Joriy mavsumda 23 uchrashuvda maydonga tushgan va 2054 daqiqa davomida darvoza qo'riqlagan posbonga umumiy 219 ovozdan 123 nafar ishtirokchi aynan Melnichukni tanlagan. Bu 56.2% foiz deganidir.

So'rovnoma yakuniga binoan, Dinamo to'purari Sanat SHixov ikkinchi o'rinda qayd etildi. Oliy Liga bahslarida 24 uchrashuvda 2084 daqiqa davomida to'p surib, 7 marta raqiblar darvozasini ishg'ol etgan hujumkor yarimhimoyachiga 55 ta (25.1%) ovoz berilgan.

Uchinchi o'rinda esa Dinamoga safarda Bunyodkor ustidan g'alaba keltirgan gol muallifi Azamat Bobojonov ko'rsatilgan. U bu borada 12 (5.5%) ovoz to'plagan holda hujumchi Zayniddin Tojiev va himoyachi Avaz Agalievlarni ortda qoldirgan.

Qayd etish joiz, eng yaxshi futbolchi deb topilgan Andrey Melnichuk Dinamo klubi muxlislari tomonidan ikkinchi marta esdalik sovg'a bilan taqdirlandi.

2007 yildan buyon aniqlanib kelinayotgan Dinamoning mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi nomiga loyiq ko'rilgan futbolchilar:

2007 yil – Farhod Tojiev

2008 yil – Ilyos Qurbonov

2009 yil – Bahodir Nasimov

2010 yil – Ilhom Yunusov

2011 yil – Devid Oniya

2012 yil – Ivan Nagaev

2013 yil – Andrey Melnichuk

2014 yil – Andrey Melnichuk.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика