So’nggi yangiliklar

16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  0 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  4 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  6 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  8 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  8 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  2 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  4

Meksika - O'zbekiston (3:3) uchrashuvidan keyingi qiziq faktlar Yangiliklar

Meksika - O'zbekiston (3:3) uchrashuvidan keyingi qiziq faktlar

Tunda O'zbekiston milliy terma jamoasi Meksikaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi.


33817 - Atlantadagi "Mercedes-Benz" stadioniga o'yinni ko'rish uchun aynan shuncha tomoshabin keldi.

50 - Jaloliddin Masharipov O'zbekiston terma jamoasi safida o'zining yubiley 50-uchrashuvini o'tkazdi. Bu borada Masharipov Aleksandr Xvostunovga etib oldi.

22 - O'zbekiston Katanec boshchiligidagi 22-o'yinni o'tkazdi va 3-marta durang o'ynadi. Bungacha ushbu murabbiy qo'l ostida Venesuela (1:1) va Rossiya (0:0) bilan o'yinlarda murosa ko'chasi tanlangandi.

17 - O'tkir Yusupov terma jamoada o'zining 17-uchrashuvini o'tkazdi (Aleksey Polyakovga etib oldi) va maydonga tushgan darvozabonlar orasida 6-o'ringa chiqib oldi. 5-o'rinda 20 ta o'yin o'tkazgan Aleksandr Lobanov joy olgan.

4 - O'zbekiston KONKAKAF mintaqasining to'rtinchi terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi va birinchi bor mag'lub bo'lmadi (Kanada 1:2, Kosta-Rika 1:2, AQSH 0:3)

4 - Otabek SHukurov terma jamoamiz libosidagi 57-uchrashuvida o'zining 4-golini urdi. SHukurov bungacha Xitoy (2016 yil), Senegal (2018) va Saudiya Arabistoni (2019) terma jamoalariga gol urgandi.

2 - Azizbek Turg'unboev O'zbekiston milliy terma jamoasi safidagi 22-uchrashuvda o'zining 2-golini urdi. Birinchi golini 2022 yil Tailand darvozasiga urgandi.

1 - Bobir Abdixoliqov O'zbekiston milliy terma jamoasi tarkibidagi 9-o'yinda maydonga tushdi va birinchi golini urishga erishdi.


Reyting: +35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика