So’nggi yangiliklar

19:34"Манчестер Юнайтед" — "Арсенал". Таркиблар маълум  7 19:30Суперлига. "Бунёдкор" – "Бухоро". Таркиблар маълум  0 19:00Суперлига. "Машъал" — "Андижон" 1:0 (матли трансляция)  17 18:41Расмус Хойлундга Германиядан даъвогар пайдо бўлди  0 17:43ПСЖ футболчиси АПЛ клуби сафига ўтди  1 17:18Суперлига. "Қўқон-1912" - "Сурхон" 1:0 (матнли трансляция)  2 16:59"Челси" — "Кристал Пэлас". Биринчи тур ўйини учун таркиблар маълум  8 16:36"Манчестер Сити" Родриго бўйича қарор қабул қилди  4 16:04ПСЖ форварди АПЛга йўл олиши мумкин  0 15:31"Нефтчи" Наманганда "Навбаҳор"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 15:13"Рома" АПЛдаги футболчини 20 млн еврога харид қилиш ҳуқуқи билан 3 млн еврога ижарага олди  2 14:41Де Хеа "Манчестер Юнайтед"га қайтиши мумкин  2 14:08"Ювентус" "Лилль" вингерини сотиб олмоқчи  0 13:25"Рома" Санчонинг молиявий талабларини қондира олмайди  0 12:45Гвардиола Эдерсон билан боғлиқ вазият ҳақида: "Агар футболчи кетишни истаса, у кетиши керак"  2

Meksika-2011 qahramonlari. Davlatbek Yorbekov: "Hayajonni yig'ishtiraylik yigitlar!" Yangiliklar

Meksika-2011 qahramonlari. Davlatbek Yorbekov: "Hayajonni yig'ishtiraylik yigitlar!"

Kechadan boshlab start olgan BAAdagi o'smirlar o'rtasidagi Jahon chempionati haqida avvalgi mundialda ishtirok etgan futbolchilarimiz o'z fikrlarini saytimiz orqali bildirib boradi.
Bugun bo'lib o'tadigan O'zbekiston - Panama uchrashuvi haqida "Qo'qon 1912" klubi va sobiq o'smirlar terma jamoasi futbolchisi Davlatbek Yorbekov o'z fikrlarini bildirib o'tadi.

"Panama menimcha guruhdagi eng asosiy raqib bo'ladi. Hozirda bu terma jamoa uchun kuchli sakkizlik ijobiy ko'rsatkich bo'lmasligi kerak. Maqsadni kattaroq qo'ysak teparoqqa chiqa olamiz.
 
Hozir esimga tushib ketdi. Birinchi o'yin hayajoni shunchalik kuchli bo'ladiki buni tasavvur ham qilib bo'lmaydi. Mana shu hayajonni yo'q qila olishsa yigitlar bugun qiyinchiliksiz g'alaba qozonishadi. Yigitlarga omad ular ishonchni oqlay oladilar deb o'ylayman. Qaytaraman hayajonni yig'ishtiraylik yigitlar!" - deya murojaat bilan o'z fikrlarini aytib o'tadi Davlatbek Yorbekov.


Humoyun Davurov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика