Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan iborat O'zbekiston terma jamoasining Turkiyadagi mashg'ulotlaridan fotosuratlar
21 fev 2019 15:00
Yangiliklar


Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan iborat O'zbekiston terma jamoasining Turkiyadagi mashg'ulotlaridan fotosuratlar
Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan iborat O'zbekiston terma jamoasi yig'in o'tkazish uchun Turkiyaning Antaliya shahriga yo'l olgani haqida xabar berib o'tgandik.
Jamshid Asadov boshchiligidagi terma jamoa azolari Antaliyada dastlabki mashg'ulotlarni o'tkazishdi. Mashg'ulot davomida futbolchilarning jismoniy holati va texnikasi ustida ish olib borildi.
Mazkur terma jamoa azolari bu yil iyul oyida Polshada bo'lib o'tadigan Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari o'rtasidagi Jahon Kubogida ishtirok etishadi. Ushbu musobaqaga munosib tayyorgarlik ko'rish maqsadida O'zbekiston futbol associaciyasi tomonidan terma jamoa azolariga barcha sharoitlar yaratib berilmoqda.
Quyida etiboringizga mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan iborat O'zbekiston terma jamoasining Antaliyadagi mashg'ulotlaridan olingan fotosuratlarni havola qilamiz:
O’xshash yangiliklar

Fikrlar