Mehdi Mohebi: "Umid qilamanki, CAFA turniridagi holat takrorlanmaydi"
17 noy 2025 14:53
Yangiliklar
Mehdi Mohebi: "Umid qilamanki, CAFA turniridagi holat takrorlanmaydi"
Eron terma jamoasi hujumchisi Mehdi Mohebi O'zbekistonga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirdi.
"Shukurki, finalga yo'l oldik. Ko'pchilik fikriga ko'ra, biz ustunlikka ega bo'lishimiz kerak, lekin O'zbekiston ham juda shijoatli jamoa bo'lib, finalgacha etib keldi. Umid qilamanki, CAFA musobaqasidagi holat takrorlanmaydi. O'shanda ikkinchi daqiqadayoq bir o'yinchimiz maydondan chetlatilgan edi. Bu safar omad biz tarafda bo'ladi degan umiddaman", – dedi "Kalba" futbolchisi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston va Eron o'rtasidagi Al Ain Cup finali 18 noyabr kuni Toshkent vaqqti bilan soat 21:00 da start oladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Пахтакор"ни мағлуб этди
Суперлига. "Нефтчи" "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Искандеров ўйинни ҳал қилди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Родриго тиззасидан операция қилинди
Fikrlar