So’nggi yangiliklar

14:27Футзал бўйича ФИФА Жаҳон чемпионати-2024 мезбон шаҳарлари эълон қилинди  0 14:15Ўзбекистон клублари нега доим футболчилардан қарз бўлаверади? Камолиддин Мурзоев билан интервью  3 14:07Ўзбекистонлик ҳакам футзал бўйича Осиё Кубоги 2-турига тайинланди  0 13:51"Бавария" ҳимоячиси ёзда жамоани тарк этишни истамаяпти  0 13:25"Барселона" ярим ҳимоячиси билан шартномани узайтирмоқчи  0 12:57"Реал" вингери "Барселона"га қарши ўйинни ўтказиб юбориши мумкин  4 12:30МЮ ҳужумчисига харидорлар маълум қилинди  1 12:05Неймар ижтимоий тармоқларда Мбаппени ҳақорат қилди  9 11:43Ўзбекистон футзал терма жамоасининг Ироққа қарши учрашувини баҳрайнлик рефери бошқаради  4 11:22"Пахтакор-79" ПФЛ талабини бажармагани учун Биринчи лигадан четлаштирилиши мумкин  1 10:47Шерзод Эсанов: «Биз Андижон халқи ва »Андижон« мухлислари учун бор кучимизни майдонда берамиз»  7 10:20«Манчестер Сити»нинг ёзги асосий трансфер мақсади маълум  14 09:52Англия клублари 9 йил аввалги нохуш натижани такрорлашди  6 09:26Иброҳимҳалил Йўлдошев: «Осиё кубогига келишим жуда қийин бўлди»  5 09:01Клопп жамоасини Европа лигасидан чиқиб кетгани ҳақида фикр билдирди  3

MDH Kubogi-2007. "Paxtakor" qanday qilib chempion bo'lgan edi? Yangiliklar

MDH Kubogi-2007. "Paxtakor" qanday qilib chempion bo'lgan edi?

Kuni kecha Farg'onaning "Neftchi" klubi 1993 yilda MDH Kubogi finaliga qadar etib borgani haqida malumot bergan edik.


Video. MDH kubogi-1994. Finalga qadar etib borgan «Neftchi» haqida 


Bugun 2007 yilgi musobaqani yodga olamiz. O'sha yilgi MDH kubogi guruh bosqichini "Paxtakor" Latviyaning ko'p yillik chempioni "Venstpils" klubiga qarshi o'yin bilan boshladi. Unda rigaliklar 2:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Qizig'i finalda mana shu ikki klub yana bir bor to'qnash kelgan. Bu haqda batafsil quyiroqda yozilgan.

Ilk turdagi mag'lubiyatdan so'ng murabbiylar tarkibda bir qator o'zgarishlarni amalga oshirishadi. Bu esa "Bananc" bilan bahsda o'z samarasini beradi. Server Jeparov birinchi taym avvalida, qandaydir 4 daqiqa ichida dublga erishadi. Uchrashuv tugashiga 7 daqiqa qolganida himoyachi Aleksandr Kleckov yakuniy natijani o'rnatadi - 3:0.



Guruhning so'nggi turida "sherlar" Ukraina chempioni Doneckning "SHaxtyor" klubi bilan to'qnash kelishadi. O'sha paytlarda Ukraina va Rossiya chempionlari MDH kubogiga ikkinchi tarkib bilan tashrif buyurishardi. Bundan "Paxtakor" ortig'i bilan foydalanib qolganini takidlash lozim. Birinchi taymda Vladislav Kiryan hisobni ochadi. Tanaffusdan so'ng ilk o'yin qahramonlaridan biri Server Jeparov o'zining musobaqadagi uchinchi golini urdi. Bahs oxirlarida Temur Kapadze va Aleksey Klikunov doneckliklar darvozasini ishg'ol qilishadi - 4:0.

Olti ochko to'plagan O'zbekiston chempioni guruhda birinchi o'rin bilan chorak finalga yo'l oladi.



Ushbu bosqichda vakillarimizga Serbiyaning OFK klubi raqiblik qiladi. Tashkilotchilar musobaqa nufuzini oshirish maqsadida Serbiya klubini mehmon sifatida taklif qilishgan edi.

Uchrashuvning 45-daqiqasida Server Jeparov belgilangan penaltidan unumli foydalanib hisobni ochadi. Ikkinchi taym o'rtalarida serblar muvozanatni tiklashadi - 1:1. Uchrashuvda boshqa gol urilmaydi va yarim finalga kim chiqishini penaltilar seriyasi hal qilib berdi. "Paxtakor" murabbiylari penaltilar seriyasi uchun zaxira posboni Temur Jo'raevni maydonga tushirishadi. Aynan Jo'raev tufayli "sherlar" keyingi bosqichga chiqishadi - 4:2. Etiborlisi mazkur bahsda OFK safida keyinchalik mashhurlikka erishgan Aleksandr Kolarov to'p tepgan edi.


Final yo'lidagi so'nggi raqib Moldova chempioni Tiraspolning "SHerif" klubi bo'ladi. Bu bahs taqdirini Leonid Koshelev tomonidan urilgan yagona gol hal qildi - 1:0. SHu tariqa "Paxtakor" O'zbekiston klublari ichida ikkinchi bo'lib MDH kubogi finaliga chiqishga muvaffaq bo'ldi.

Finalda yuqorida yozilganidek "Paxtakor"ga "Ventspils" qarshilik qildi. Guruhdagi mag'lubiyat uchun "sherlar" hal qiluvchi bahsda revansh olishdi. O'yinning asosiy va qo'shimcha taymlarida hisob ochilmaydi - 0:0. Penaltilar seriyasidan avval odatdagidek Temur Jo'raev maydonga tushiriladi. Seriyani Server Jeparov boshlaydi va uning zarbasini posbon qaytaradi. Temur Jo'raev raqibning to'rtinchi zarbasini qaytarishga muvaffaq bo'lib hisobni tenglashtiradi. SHu tariqa ikkala jamoadan 9 nafardan futbolchi penalti tepgan va hisob 8:8 bo'lib turgan paytda to'p yonida Temurning o'zi yaqinlashadi va ajoyib gol bilan jamoasini oldinga olib chiqadi. Navbatdagi zarbani esa "Ventspils" posboni amalga oshiradi. Bu zarbadan so'ng Jo'raev to'pni qaytaradi - 9:8, "Paxtakor" chempion!



“Paxtakor” (Toshkent, O'zbekiston) – “Ventspils” (Ventspils, Latviya) - 0:2

20.01.2007. 1-tur. Moskva. CUSK "Dinamo" stadioni. 200 tomoshabin.
«S» guruhi
Bosh hakam:
Levan Kvarcxeliya (Gruziya)

Gollar:
0:1 - Butrik Andrey, 63
0:2 - Kosmachev Evgeniy, 88

“Paxtakor” (Toshkent, O'zbekiston): 12.Nesterov Ignatiy; 5.Aliqulov Asror; 6.Koshelev Leonid; 7.Ixeruome Uche; 8.Jeparov Server; 9.Soliev Anvarjon (20.Magdeev Ildar, 66); 13.Kleckov Aleksandr; 14.Kiryan Vladislav (22.Bayramov Renat, 79); 15.Inomov Islom; 18.Kapadze Timur; 27.Suyunov Ilhomjon

“Ventspils” (Ventspils, Latviya): 16.Vanin Andris; 3.Sokolskiy Denis; 4.Dubenskiy Zaxar; 5.Kosmachev Evgeniy; 7.Zangareev Sergey; 8.Kachanov Denis; 9.Rimkus Vitas (24.Lazdinsh Artis, 84); 11.Kolesnichenko Vladimir (14.Zizilev Mixail, 64); 12.Ndeki Jan-Pol; 20.Pokarinin Igor (21.Gonchar Artem, 86); 23.Butrik Andrey (13.Slesarchuk Igor, 64)

Ogohlantirish: Kolesnichenko Vladimir, 11

"Bananc” (Erevan, Armaniston) – “Paxtakor” (Toshkent, O'zbekiston) - 0:3

21.01.2007. 2-tur. Moskva. CUSK "Dinamo" stadioni. 200 tomoshabin.
«S» guruhi

Bosh hakam:
Emil Busurmanqulov (Qirg'iziston)

Gollar:
0:1 - Jeparov Server, 4
0:2 - Jeparov Server, 8
0:3 - Kleckov Aleksandr, 83

“Bananc” (Erevan, Armaniston):
1.Radacha Nenad; 2.Melikyan Egishe; 3.Grigoryan Ashot (17.Arakelyan Ararat, 78); 4.Ayrapetyan Agvan (8.Kakosyan Eduard, 82); 7.Djenebyan Romeo; 10.Sarkisyan Suren (9.Oseyan Artak, 46); 14.Muradyan Semen (11.Balabekyan Arsen, 46); 15.CHerevko Andrey; 20.Grigoryan Oganes; 21.Melkonyan Samvel (18.Baregamyan Aram, 70); 25.Akopyan Aram

“Paxtakor” (Toshkent, O'zbekiston): 30.Jo'raev Temur; 5.Aliqulov Asror; 7.Ixeruome Uche (9.Soliev Anvarjon, 70); 8.Jeparov Server (17.Ponomarev Vyacheslav, 76); 13.Kleckov Aleksandr; 14.Kiryan Vladislav (6.Koshelev Leonid, 59); 15.Inomov Islom; 18.Kapadze Timur (16.Klikunov Aleksey, 63); 20.Magdeev Ildar (21.Tojiev Kamoliddin, 86); 22.Bayramov Renat; 27.Suyunov Ilhomjon

Ogohlantirishlar:
Inomov Islom, 23; Jenebyan Romeo, 81

“Paxtakor” (Toshkent, O'zbekiston) – “SHaxter” (Doneck, Ukraina) - 4:0
23.01.2007. 3-tur. Moskva. "Olimpiyskiy" stadioni. 1000 tomoshabin.
«S» guruhis

Bosh hakam:
Vyacheslav Banar (Moldaviya)

Gollar:
1:0 - Kiryan Vladislav, 14
2:0 - Jeparov Server, 56
3:0 - Kapadze Timur, 70
4:0 - Klikunov Aleksey, 77

“Paxtakor” (Toshkent, O'zbekiston):
12.Nesterov Ignatiy; 7.Ixeruome Uche (9.Soliev Anvarjon, 51); 8.Jeparov Server (29.Usmonov Farhod, 83); 13.Kleckov Aleksandr; 14.Kiryan Vladislav; 15.Inomov Islom (26.Belix Maksim, 86); 18.Kapadze Timur (16.Klikunov Aleksey, 73); 20.Magdeev Ildar (17.Ponomarev Vyacheslav, 46); 21.Tojiev Kamoliddin; 22.Bayramov Renat (6.Koshelev Leonid, 11); 27.Suyunov Ilhomjon

“SHaxter” (Doneck, Ukraina): 1.Kupalniy Aleksandr; 2.Antonyuk Dmitriy (13.Lucenko Igor, 85); 3.Fedeckiy Artem (15.Konshin Yuriy, 72); 4.Oshipko Igor; 5.SHevchuk Sergey (16.Matyaj Ivan, 81); 6.Miroshnichenko Aleksandr (17.SHibko Andrey, 63); 7.Ermak Oleg; 8.Kojanov Denis (18.SHavrin Vadim, 66); 9.Seleznev Evgeniy (14.Kovalev Maksim, 85); 10.Goloperov Vladislav; 11.Goshkoderya Vitaliy

Ogohlantirishlar: Goloperov Vladislav, 6; Suyunov Ilhomjon, 18; Fedeckiy Artem, 33; Seleznev Evgeniy, 53

“Paxtakor” (Toshkent, O'zbekiston) - OFK (Belgrad, Serbiya) - 1:1 (Penaltilar seriyasi) - 4:2
24.01.2007. 1/4 final. Moskva. "Olimpiyskiy" stadioni. 1000 tomoshabin.

Bosh hakam:
Zaxarov Igor (Rossiya)

Gollar:
1:0 - Jeparov Server - penalti, 45
1:1 - Andelkovich Miodrag, 75

Penaltilar seriyasi:

1:0 - Jeparov Server
1:1 - Kolarov Aleksandar
2:1 - Inomov Islom
2:1 - Bojovich Vladimir (noaniq)
2:1 - Kapadze Timur (noaniq)
2:1 - Pilipovich Stoyan (darvozabon)
3:1 - Kiryan Vladislav
3:2 - Todorovich Nenad
4:2 - Ponomarev Vyacheslav

“Paxtakor” (Toshkent, O'zbekiston): 12.Nesterov Ignatiy (30.Jo'raev Temur, 90); 6.Koshelev Leonid; 8.Jeparov Server; 9.Soliev Anvarjon (17.Ponomarev Vyacheslav, 75); 13.Kleckov Aleksandr; 14.Kiryan Vladislav; 15.Inomov Islom; 18.Kapadze Timur; 20.Magdeev Ildar (29.Usmonov Farhod, 83); 21.Tojiev Kamoliddin; 27.Suyunov Ilhomjon

OFK (Belgrad, Serbiya): 29.Topalovich Djordje; 2.Stevanovich Ivan; 3.Kolarov Aleksandar; 13.Lalatovich Nenad (4.Bratich Vidak, 61); 18.Pilipovich Stoyan; 19.Nuxi Ajazdin (11.Bojovich Vladimir, 56); 20.Bajalica Milosh; 23.Veselinovich Dalibor (9.Rakich Dorde, 58); 25.Babovich Stefan; 26.Andelkovich Miodrag (31.Kaluderovich Andriya, 86); 28.Novakovich Mitar (14.Todorovich Nenad, 89)

Ogohlantirishlar: Pilipovich Stoyan, 26; Inomov Islom, 68; Andelkovich Miodrag, 72

“SHerif” (Tiraspol, Moldaviya) – “Paxtakor” (Toshkent, O'zbekiston) - 0:1
26.01.2007. 1/2 final. Moskva. "Olimpiyskiy" stadioni. 2100 tomoshabin.
Bosh hakam
: Xannes Kaasik (Estoniya)

Gol:
0:1 - Koshelev Leonid, 40

“SHerif” (Tiraspol, Moldaviya): 1.Pashenko Sergey; 2.Mamax Abdul-Gafar; 3.Gumenyuk Oleg (11.Suvorov Aleksandr, 57); 5.Tarxnishvili Vaja; 7.Korneenkov Andrey (26.Alekseev Sergey, 82); 9.Kuchuk Aleksey; 13.Derme Ben Idrisse; 18.Arbenash Konstantin Dorian (23.Tassembedo Sumaila, 72); 19.Epuryanu Aleksandr; 24.Gnanu Ibraxim; 27.Tiago Alberto Konstanca (14.Balima Vilfred Bendjamin, 67)

“Paxtakor” (Toshkent, O'zbekiston):
12.Nesterov Ignatiy; 6.Koshelev Leonid; 7.Ixeruome Uche (22.Bayramov Renat, 73); 8.Jeparov Server; 9.Soliev Anvarjon (16.Klikunov Aleksey, 90); 13.Kleckov Aleksandr; 14.Kiryan Vladislav; 17.Ponomarev Vyacheslav; 18.Kapadze Timur; 21.Tojiev Kamoliddin; 27.Suyunov Ilhomjon

Ogohlantirishlar: Ponomarev Vyacheslav, 8; Kiryan Vladislav, 35; Kleckov Aleksandr, 62; Kuchuk Aleksey, 87; Tojiev Kamoliddin, 90
CHetlatish: Pashenko Sergey, 90

“Paxtakor” (Toshkent, O'zbekiston) – “Ventspils” (Ventspils, Latviya) - 0:0. (Penaltilar seriyasi - 9:8)
28.01.2007. Final. Moskva. "Olimpiyskiy" stadioni. 10000 tomoshabin.
Bosh hakam
: Oleg Orexov (Ukraina)

Penaltilar seriyasi:
0:0 - Jeparov Server (darvozabon)
0:1 - Rimkus Vitas
1:1 - Inomov Islom
1:2 - Zizilev Mixail
2:2 - Kapadze Timur
2:3 - Kachanov Denis
3:3 - Koshelev Leonid
3:4 - Kolesnichenko Vladimir
4:4 - Soliev Anvarjon
4:4 - Zangareev Sergey (darvozabon)
5:4 - Bayramov Renat
5:5 - Dubenskiy Zaxar
6:5 - Kleckov Aleksandr
6:6 - Kosmachev Evgeniy
7:6 - Suyunov Ilhomjon
7:7 - Gonchar Artem
8:7 - Ixeruome Uche
8:8 - Ndeki Jan-Pol
9:8 - Jo'raev Temur
9:8 - Vanin Andris (darvozabon)

“Paxtakor” (Toshkent, O'zbekiston): 12.Nesterov Ignatiy (30.Jo'raev Temur, 109); 6.Koshelev Leonid; 8.Jeparov Server; 9.Soliev Anvarjon; 13.Kleckov Aleksandr; 14.Kiryan Vladislav (20.Magdeev Ildar, 90) (7.Ixeruome Uche, 101); 15.Inomov Islom; 17.Ponomarev Vyacheslav (22.Bayramov Renat, 79); 18.Kapadze Timur; 21.Tojiev Kamoliddin; 27.Suyunov Ilhomjon

“Ventspils” (Ventspils, Latviya): 16.Vanin Andris; 3.Sokolskiy Denis (2.Soleychuk Aleksey, 80); 4.Dubenskiy Zaxar; 5.Kosmachev Evgeniy; 7.Zangareev Sergey; 8.Kachanov Denis; 9.Rimkus Vitas; 12.Ndeki Jan-Pol; 13.Slesarchuk Igor (11.Kolesnichenko Vladimir, 82); 14.Zizilev Mixail; 20.Pokarinin Igor (21.Gonchar Artem, 40)

Ogohlantirishlar: Kiryan Vladislav, 30; Soliev Anvarjon, 65; Kosmachev Evgeniy, 70; Soleychuk Aleksey, 88; Magdeev Ildar, 94; Vanin Andris, 110
CHetlatish: Soleychuk Aleksey, 94 (2SK)

Reyting: +37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика