Mbappe vakillari PSJga tahdid qildi
19 iyu 2024 11:11
Yangiliklar
"Real" hujumchisi Kilian Mbappe PSJni 100 mln evro to'lamagani uchun sudga berishi mumkin. Bu miqdorga ish haqi va bonuslar kiradi. Bu haqda futbolchining onasi Fayza Lamari xabar berdi.
"Bu hali ham davom etmoqda. Hozir hammasi Kilian vakillarining qo'lida, ammo men PSJga ishonaman va hammasi tezda normal holatga qaytadi. Hozirgina javob xati oldik, endi qaror qabul qilinadi. Ish sudgacha boradimi? Agar boshqa tanlov bo'lmasa, ha, albatta. Umid qilamanki, biz 2 yil oldin imzolagan shartnoma shartlariga rioya qilinadi.
Nima bo'lganini hech kim aniq tushuntirib bera olmaydi, na men, na PSJ vakillari, chunki so'nggi 2 yil davomida Kilian va prezident Al Xelayfi har doim yakka tartibda uchrashishgan. Bularning barchasi fevral oyida ketishini elon qilgan Kilianning o'yiniga to'sqinlik qilmadi", – dedi Lamari.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar