Mbappe Tuxeldan kechirim so'rashdan bosh tortdi
05 fev 2020 11:12
Yangiliklar


Mbappe Tuxeldan kechirim so'rashdan bosh tortdi
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe jamoa bosh murabbiyi Tomas Tuxeldan "Monpele"ga qarshi o'yindan so'ng uzr so'rashdan bosh tortdi.
Eslatib o'tamiz, futbolchi 69-daqiqada zaxiraga olinayotganida Tuxeldan norozi bo'ldi, murabbiy esa unga nimalardir demoqchi bo'ldi, ammo Kilian unga behurmatlik ko'rsatdi.
Francuz o'sha paytda hissiyotga berilganini tan oldi, ammo u hali ham kechirim so'ramoqchi emas, sababi murabbiyning ishini xato deb hisoblaydi.
Mbappega eng yoqmagan jihati, unga futbol maydonida ko'p yutuqlarga erishgan futbolchisi sifatida emas, yosh bolalarga bo'lgandek munosabat bildirishlarini yoqtirmaydi.
Sport direktori Leonardo esa futbolchi va murabbiy o'rtasida uchrashuv o'tkazishga harakat qilmoqda. Ammo, bu PSJ futbolchisinining bosh murabbiyi Tuxelga nisbatan bildirayotgan birinchi noroziligi emas.
O’xshash yangiliklar
09:04
“Tottenxem“ yangi bosh murabbiyi bilan maosh va shartnoma shartlari borasida kelishib oldi - Romano 1

Fikrlar