Mbappe PSJning ECHLdagi omadsizliklari haqida gapirdi
08 iyu 2023 19:50
Yangiliklar
Mbappe PSJning ECHLdagi omadsizliklari haqida gapirdi
Parijliklar ketma-ket ikki mavsum ECHLni 1/8 finalda tark etdi.
"PSJga ECHL g'olibligi uchun nimalar etishmayotganini bilmayman, umuman olganda bu savol menga yo'naltirilishi ham noto'g'ri. Biz qo'limizdan kelganimizcha harakat qildik, nuqta. Bu savolni jamoani qurayotgan insonlarga berishingiz kerak.
Men o'z ishimni borimcha qilishga harakat qilyapman. O'tgan mavsumda terma va klubda 40taga yaqin gol urdim. Milliy chempionatning eng yaxshi futbolchisi ham bo'ldim.
ECHLda "Bavariya"ga qarshi o'yinda jarohat oldim va javob o'yinida jamoaga yordam bera olmadim. Guruh bosqichidagi o'yinlarda esa jamoaning asosiy futbolchisi bo'ldim.
Men sehrgar emasman, bazida futbolda o'tib bo'lmas to'siqlar bo'ladi. Mana nima sababdan savolni menga emas, boshqalarga berishingiz kerak", - dedi Mbappe.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Манчестер Сити" камбэк орқали "Энфилд"да "Ливерпул"ни мағлуб этди, Ҳусанов 61-дақиқада тўқнашувдан сўнг алмаштирилди
Роналду "Ал-Насср" раҳбариятига ультиматум қўйди: ёзда ўзгариш бўлмаса, у клубни тарк этади
Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Мальорка"ни йирик ҳисобда мағлуб этди
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Fikrlar