Mbappe PSJ bilan yangi shartnoma borasidagi savolga javob berdi
01 apr 2021 18:00
Yangiliklar
Mbappe PSJ bilan yangi shartnoma borasidagi savolga javob berdi
PSJ forvardi Kilian Mbappe jurnalistlarning Franciya klubi bilan shartnomani uzaytirish borasidagi savollariga javob berdi.
"Qachonki yakuniy qarorga kelsam, o'shanda to'liq javob berishga tayyor bo'laman. Hali bu borada hech qanday o'zgarish yo'q", - deydi 22 yoshli hujumchi.
Eslatib o'tamiz, tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2022 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.
Kilian joriy mavsum Franciya chempionati doirasidagi 25ta o'yinda maydonga tushib, 20ta gol va 6ta assist qayd etdi.
Fikrlar