So’nggi yangiliklar

12:25"Бешиктош"га янги мураббий тайинланди  0 12:01Шотландия клуби Қозоғистон терма жамоасининг икки футболчисини кузатмоқда  0 11:37Эдерсон 13-14 млн евро эвазига "Фенербахче"га ўтмоқда — Here We Go!  1 10:45"Милан" Адриен Рабьони сотиб олади  0 10:17ПСЖ футболчи фаолиятини "Фенербахче"да давом эттиришга яқин  0 09:48"Манчестер Сити" футболчиси 2 ойга сафдан чиқди  3 09:21Sofascore. Шомуродов ва Файзуллаев неча баҳо олишди?  7 08:52Ўзбекистон U-23 терма жамоаси сафида ўзгариш юз берди  1 08:25Sofascore. Кеча асосий таркибда майдонга тушган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  6 07:57Here we go! "Ливерпуль" АПЛ тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширмоқда  9 07:25"Сиэтл Саундерс" Лига кубогининг финалида Месси бошчилидаги "Интер Майами"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  23 02:32ЛаЛига. "Барселона" Мадридда дуранг ўйнади  36 01:42А Серия. "Интер" ўз майдонида ютқазди, "Лацио"дан йирик ғалаба  3 01:15АПЛ. Эмилиано Мартинес қайдномага киритилмаган ўйинда "Астон Вилла" ўз майдонида йирик ҳисобда ютқазди  0 00:52Давид Райя: "Янги тўплар эскисидан фарқ қилади"  3

Mbappe: "Olimpiya o'yinlarida ishtirok etish yoki etmasligim bir insonning qaroriga bog'liq" Yangiliklar

Mbappe: "Olimpiya o'yinlarida ishtirok etish yoki etmasligim bir insonning qaroriga bog'liq"

Futbolchi Parij-2024 Olimpiya o'yinlarida vatani sharafini himoya qilmoqchi.

PSJ klubi hujumchisi Kilian Mbappe Parijda o'tkaziladigan Olimpiya o'yinlarida ishtirok etishni istayotganini malum qildi. Futbolchi avgust oyida o'tkaziladigan musobaqada ishtirok etish uchun "Real" yoki PSJ klublaridan qaysi biri rozi bo'lishi kerakligi haqidagi savolga ham javob berdi.

"Har doim Olimpiya o'yinlarida ishtirok etishni istaganman. Niyatim o'zgargani yo'q. Olimpiya o'yinlarida o'ynasam, bu orzu bo'ladi. Agar menga ruxsat berishmasa, nima deyishsa shuni qilaman. Bu bo'yicha qaror qilish bir insonga bog'liq. O'sha inson hali menga javob bergani yo'q. 

Olimpiyadaga borish, bormasligimni qaysi klub hal qiladi? Bilasizmi, PSJ – amalda men bilan shartnomasi bor bo'lgan yagona klub", -deydi Kilian Mbappe. 

Avvalroq, OAVda Mbappe "Real" bilan shartnoma imzolab bo'lgani, Madrid klubi esa futbolchini Olimpiya o'yinlariga qo'yib yuborishni istamayotgani xabar qilingandi. Biroq, Mbappening o'zi Parijda o'tkaziladigan Olimpiya o'yinlarida ishtirok etishni juda xohlamoqda. Franciya prezidenti Emmanueel Makronning shaxsan o'zi vaziyatga aralashishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

Malumot uchun, Parij Olimpiyadasi 2024 yilning avgust oyida o'tkaziladi. Mbappe esa shu yozda klubdan ketishi aniq bo'lib ulgurgan. Futbolchi o'sha vaqtda yangi klubi bilan, yani katta ehtimol "Real Madrid" klubi bilan shartnoma imzolagan bo'ladi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика