Mbappe Ispaniyaga qarshi o'yinda yangi niqobda maydonga tushadi
09 iyu 2024 21:14
Yangiliklar
Mbappe Ispaniyaga qarshi o'yinda yangi niqobda maydonga tushadi
Franciya terma jamoasi va "Real Madrid" hujumchisi Kilian Mbappe Evro-2024 yarim finali doirasidagi Ispaniyaga qarshi o'yinda boshqa niqob ostida harakat qiladi.
Eslatib o'tamiz, Mbappe guruh bosqichi doirasida Avstriyaga qarshi o'yinda burnini sindirib olgani sababli niqob ostida o'ynamoqda.
Ispaniyaning Sport nashri xabariga ko'ra, futbolchining oldingi o'yinlarda kiygan niqobi uni bezovta qilib, nafas olishida muammo tug'dirgan.
So'nggi tibbiy tekshiruvlar asosida hujumchining bosh o'lchamiga mos ravishda yangi niqob ishlab chiqarilgan. Nashr uning mustahkamligi va zarbalarga chidamliligi tufayli Formula-1 kabi sport turlarida qo'llanilidigan qattiq plastik birikmalardan tayyorlanganini tasdiqladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar