Mbappe – akula, u qon isini tezda sezadi
02 apr 2019 22:02
Yangiliklar


Mbappe – akula, u qon isini tezda sezadi
PSJ bosh murabbiyi Tomas Tuxel franciyalik hujumchi Kilian Mbappe haqida iliq fikrlarni bildirdi.
“Kilianda katta aqliy qobiliyat bor va u doim gol urishga harakat qiladi. Mbappe – misoli akula. Agar bir tomchi qoningizni tomganini ko'rib qolsa, u shu zahoti yoningizda paydo bo'ladi. U boshqalardan ajralib turuvchi futbolchi hisoblanadi. Mashg'ulotlar paytida Kilian qanday vaziyat bo'lishidan qatiy nazar gol urishga urinadi. Uning maqsadi darvozani ishg'ol qilish va yanada ko'proq gol urishdir”, - deya qayd etgan Tuxel.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar