Maykl Ouen "Liverpul" - "Manchester Siti" o'yiniga taxmin bildirdi
10 noy 2019 13:47
Yangiliklar


Maykl Ouen "Liverpul" - "Manchester Siti" o'yiniga taxmin bildirdi
"Liverpul"ning sobiq futbolchisi Maykl Ouen jamoaning "Manchester Siti"ga qarshi o'yinidan oldingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Barcha muxlislar ko'plab gollar kiritilib, yakunda durang qayd etiladigan ajoyib bahsni kutishmoqda. Kloppni 6 ochkolik farq qanoatlantiradi, biroq Gvardiolaga asosiy darvozabonisiz oson bo'lmaydi. Yo'qotishlarga qaramasdan, ikki jamoa ham g'alaba uchun o'ynashiga ishonaman.
"SHaharliklar"ning markaziy himoyasida Otamendi, Stounz va Fernandinolarni hisobga olgan holda aytishim mumkinki, ular yuqori formadagi Maneni ushlashi qiyin bo'ladi. Bahsda mezbonlar g'alaba qilsa kerak deb o'ylayman. Balki ushbu g'alaba titul taqdirini hal qilmas, ammo bu "Liverpul" uchun chiroyli imkoniyat taqdim qiladi", - dedi Ouen.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar