Mavsumning qizg'in pallasida “Lacio”ning asosiy futbolchilaridan biri lazaretga yo'l oldi
12 fev 2020 19:40
Yangiliklar
Mavsumning qizg'in pallasida “Lacio”ning asosiy futbolchilaridan biri lazaretga yo'l oldi
“Lacio” sardori Senad Lulich kelayotgan bahslarda jamoasiga yordam bera olmaydi.
CHap oyoq to'pig'i shikastlangani bois futbolchi jarrohlik amaliyotini boshidan o'tkazadi va bir oyga yaqin klub lazaretida davolanadi.
34 yoshli xavbek joriy mavsum A Seriyada 20 o'yinda qatnashib, 2ta golga hammualliflik qilgan. Rimliklar esa 23 turdan keyin musobaqa jadvalida 53 ochko bilan 3-o'rinda bormoqda. Ikki peshqadam “Inter” va “Yuve” hisobida esa 54tadan ochko mavjud.
Fikrlar