Mavsum yakunidan so'ng Massimiliano Allegri “Yuventus” bilan xayrlashadi
23 avg 2023 08:33
Yangiliklar
Mavsum yakunidan so'ng Massimiliano Allegri “Yuventus” bilan xayrlashadi
“Yuventus” bosh murabbiyi Massimiliano Allegri mavsum yakunidan so'ng Italiya jamoasidan ketadi.
Bu haqida “Livorno” sobiq prezidenti va Massimilianoning do'sti Aldo Spinelli malum qildi.
“Allegri mavsum yakunlanganidan so'ng Saudiya Arabistoni, MLS yoki boshqa bir sal bosimsiz mamlakatga ishlashga ketadi. Unga bu yil ham bir qator jamoalardan yaxshi taklif tushdi, biroq u “Yuventus”da bekorga emasligini isbotlash uchun qoldi. Hozirgi futbol juda qiyinlashib bormoqda, ayniqsa mablag'da. SHarqdagi mablag'lardan voz kechish juda qiyin bo'lmoqda. Ular bilan faqatgina inglizlar raqobat qilishi mumkin”,-deb fikrini yakunladi Aldo Spinelli.
Allegrining "Yuventus" bilan 2025 yilgacha mo'ljallangan shartnomasi bor. O'tgan mavsumda moliyaviy qallobliklar sababli 10 ochkosi olib tashlangan jamoa 7-o'rinda yakunladi.
Fikrlar