So’nggi yangiliklar

08:47Sofascore. Кечаги учрашувда Ҳусниддин Алиқуловнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 08:35А Серия. Лукаку "Наполи" сафида дебют голини урди, Абрҳам "Милан"даги биринчи ўйинида ассист амалга оширди  2 08:20"Вест Хэм" футболчиси Хебай жамоасига кўчиб ўтди  1 07:52Sofascore. Кечаги учрашувда Аббосбек Файзуллаевнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:19А Серия. «Милан» яна ғалаба қозона олмади,«Наполи»дан эса супер камбек  1 01:44Гринвуд "Марсель" сафида Лига 1даги 3та ўйинда 5та гол урди. Бу ишни сўнгги 50 йилда фақатгина Балотелли қила олганди  4 01:20Холанд АПЛдаги 30 йиллик натижани такрорлади  3 00:53"Барса" 2016 йилнинг декабридан бери илк бор 7+ тўп фарқи билан ғалаба қозонди  6 00:20АПЛ. Иккита тўп фарқи билан ғалаба қозонаётган "Эвертон" ўйиннинг сўнги дақиқаларида 3 та гол ўтказиб оғзидаги ошни олдирди  9 00:10Ла Лига. "Атлетик" — "Атлетико" ўйини тақдирини 90+2 дақиқадаги гол ҳал қилди  8 00:02РПЛ. "Ахмат" ва "Акрон" ўртасидаги ўйинда ҳисоб очилмади, Эсанов 62-дақиқада майдонга тушди  2 23:52РПЛ. "Рубин" ўн киши бўлиб қолган "Спартак"дан тўп ўтказиб, мағлубиятга учради, Ашурматов ва Раҳмоналиев эса...   3 23:48Расман: Жейдон Санчо янги клуби билан шартнома имзолади  5 23:44Бундеслига. "Байер"нинг Бундеслигадаги 35 ўйинлик мағлубиятсиз сериясига чек қўйилди  6 23:30АПЛ. Холанднинг хет-триги "Ман Сити"га "Вест Хэм"га қарши ўйинда ғалабани тақдим этди  9

Mavsum transferi - Babayan Yangiliklar

Mavsum transferi - Babayan

O'zbek futbolidagi bosh muhokamaga aylangan mavzu - Samvel Babayanning futbolga qaytishi haqida.

Kecha Samvel Babayan "Loko"da ish boshlagani haqida "temiryo'lchilar" rasmiy sayti xabar tarqatdi. SHundan so'ng futbol jamoatchiligi va ijtimoiy tarmoqlar chinakamiga larzaga keldi. Qaerga qaramang barcha Babayanni yana futbolga qaytganini muhokama qildi va bu hali ham davom etmoqda.

Gap shundaki, o'tgan yili yanvar oyida O'FA Samvel Babayan futbolga aloqador har qanday faoliyat bilan shug'ullanishdan chetlashtirildi deb bong urgandi.

O'FA bayonoti: O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan O'FF Ijroiya Qo'mitasi Byurosining 2018 yil 15 yanvardagi 3-sonli qaroriga muvofiq futbolga aloqador har qanday faoliyat bilan shug'ullanishdan umrbod chetlashtirildi.

Keyinchalik esa oradan qisqa vaqt o'tib uning Latviyada ish boshlagani haqida malum qilgandik. Aynan o'shandayoq O'FA Babayanga qo'yilgan diskvalifikaciyani echgan. Biroq bu haqida negadir tashkilot ommaga rasman malum qilmagan.

Kecha "Lokomotiv" klubi prezidenti maslahatchisi etib tayinlangan Samvel Babayan saytimizga mazkur diskvalifikaciya 2018 yilning 1 fevral kuni olib tashlanganini takidlab o'tdi. Yani fevralda rasman o'zbek futbolida ish boshlagan Babayanning diskvalifikaciyasi bir yil avval olib tashlangan ekan.

Babayanni umrbod futboldan chetlatilganini elon qilgan va 1 hafta o'tgach buni bekor qilgan O'FA oradan 1 yil o'tib bu haqda malumot berdi. O'FAning bayonoti yozilishicha, O'FA Ijroqo'miga "Bunyodkor" futbol klubi nomidan bildirgi taqdim etilib, Babayandan diskvalifikaciyani olib tashlash so'ralgan.

Bayonotda yozilishicha, O'FA bundan buyon Samvel Babayan O'zbekistonning hech qaysi terma jamoasida faoliyat yuritishiga yo'l qo'ymaydi. Qo'shimchasiga, keyingi faoliyatini Samvel Babayansiz tasavvur qila olmagan "Lokomotiv" futbol klubining qaroriga ham qarshilik ko'rsatmagan.

Xush, Babayanni futbolimizga qaytgani yaxshimi yoki yomon, foydami yoki zarar degan savol tug'iladi.

Avvalo bir narsani aytish kerakki, murabbiyni ishi, yani muvaffaqiyatsiz natijasi uchun futboldan chetlatishning o'zi mantiqsiz ish.

CHunki hech bir joyda murabbiyni vazifani bajara olmaganidan so'ng futboldan chetlatishmaydi. Garchi Babayan terma jamoa bosh murabbiyi sifatida deyarli barchada noroziliklar uchragan, juda qattiq tanqidlar ostida qolgan bo'lsada, unga nisbatan biroz keskin munosabat qilindi. To'g'ri, chetlatilishiga aynan mundialga chiqish vazifasi uddalanmagani emas, balki terma jamoaga futbolchi tanlashdagi g'alati qarorlari va qaysarliklari inobatga olingan. Yakunda esa baribir to'g'ri qaror qabul qilingan.

Babayanga futbolda ishlash uchun ruxsat bergani uchun O'FAni qattiq tanqid ostiga olmayman. SHunchaki tashkilotga bo'lgan ishonch yo'qolmasligi uchun istalgan payt kimnidir futboldan umrbod yoki nomuayyan muddatga chetlatavermasdan, chuqurroq o'ylab ish qilish maqsadga muvofiq bo'lardi. SHunda tashkilot kamida o'zining bayonoti yoki qarorlaridan uyalib qolmaydi.

SHuni aytish kerakki, murabbiy Babayan har qancha tanqidlar ostiga qolmasin, menejer Babayan bilan adashtirib yubormaslik kerak. Aslida uning murabbiylik faoliyatida ham menejerlik sifatlarini ko'proq ishlatib qo'ygani muxlislar norozichiligi va jurnalistlar tanqidlariga sabab bo'lgan hamda MTJ natijalariga tasir qilgandi.

Babayan o'zbek futbol olamida o'z o'rniga ega shaxs. Kuchli menejer sifatida yaxshi mutaxassis. Uning "Paxtakor"dagi ishlari, akademiyaga bergan etibori va klub infratuzilmasini shakllantira olishdagi boy tajribasi "Loko"ga as qotishiga shubha yo'q.

"Lokomotiv"da bir necha yillardan buyon kuchli jamoa jamlangan,  qator sovrinlar qo'lga kiritildi, biroq klub sifatida qolgan jamoalardan ancha orqada qolmoqda. Babayan esa klubning material-texnik bazasini shakllantira oladigan uddaburon menejer.

Uning mazkur sifatlarini inkor etib bo'lmaydi. SHuningdek, Babayan klub tizimidagi ishdan tashqari skautlik vazifasini ham yaxshi uddalaydi. Har holda "Paxtakor"da o'z davrida nisbatan kichik imkoniyatlar bilan yaxshi darajadagi legionerlarni jalb eta olgan. "Loko"da esa aynan legioner jalb etish muammosi bir necha yillardan buyon uzluksiz davom etmoqda.

Hozir Babayanni qanchalar kuchli menejerligiyu, uning yaxshi ishlarini doston qilish fikridan yiroqman. U bilan bog'liq ko'plab noxush ishlar, mashmasha yoki yoqimsiz voqealar ham etarli. Lekin Babayanni futbolimizga qaytganini fojia sifatida qabul qilish umuman noto'g'ri. Aksincha, futbolimizdagi ko'plab mutaxassislarni ishga qaytgani yangi boshlanajak chempionatga nafaqat ichki, balki tashqi intrigani ham oshirayotgani quvonarli.

Futbolimiz afsonasi Qosimov AGMK rulida, jonini saqlab qolgan "Bunyodkor"da Abramov ishlamoqda. SHota Arveladze "Paxtakor" rulida yangi marralarni ko'zlayotgan bir paytda, futbolimiz etakchisi bo'lib turgan "Loko"ga Babayanning kelishi yangi mavsumning eng zo'r afishasiga aylandi, chamamda.

SHu joyiga eng kuchli menejer (shaxsiy fikrimcha) Bahrom Davlatovni "Nasaf"da ko'rsak chempionatimizdagi intrigaga shunchaki havas qilsak bo'lardi. CHunki mazkur mutaxassislar nafaqat o'z majburiyatidagi ishni qoyillatadi, balki butun klub ambiciyalariga yaxshi manoda tasir qilishga qodir shaxslar. Muhimi, ular o'z o'rniga ega, poziciyasini aniq va tiniq himoya qila oladigan, kerak paytda klub manfaati uchun oxirigacha turib beradigan mutaxassislar. Oxirgi yillarda aynan shunday mutaxassislar yo'qolib qolgani ham futbolimizdagi sifatni, intriga va o'sishni to'xtatib qo'ygandi.

Babayanning futbolimizga qaytgani, aynan "Loko"ga o'tgani Superliganing birinchi turi doirasidagi Toshkent derbisi "Paxtakor" - "Lokomotiv" uchrashuvi uchun eng zo'r anons bo'ldi. Mazkur principial to'qnashuv ahamiyati yanada oshib ketdi.

Superliga, 1-tur anonsi:

• «Paxtakor» & «Loko»

• Arveladze & Babayan

• «Paxtakor» & Babayan

• Bikmaev/Abdullaev & «Loko»

• «Paxtakor» & Iskanderov/Hoshimov


Samvel Babayan "Loko"dagi faoliyati davomida murabbiylik sifatlarini oshkor etmasdan, menejerlik salohiyatidan to'liq foydalansa, unda bu har tomonlama manfaatli ishga aylanadi. "Loko" esa nihoyat yaqin kelajak uchun poydevor qurishni o'ylay boshlagani va buning uchun amalda ishga kirishgani quvonarli.

"Lokomotiv" marketing taraflama ham juda aqlli yurish qildi. To'g'ri, ko'pchilikda Babayanga nisbatan salbiy reakciya mavjud. "Loko" esa nisbatan kam muxlisga ega va o'z natijalaridan kelib chiqqanda nihoyatda beetibor jamoaga aylanib qolgandi. Hozirda mazkur transfer orqali "Loko"ning muxlislari ko'paymagan bo'lishi mumkin. Lekin bir narsa aniq, endilikda "temiryo'lchilar"ning taqdiri va o'yiniga befarq bo'lmagan insonlar, ishqibozlar soni ortadi, "Loko" va Babayan esa doimo diqqat-markazida bo'lishi tabiiy. Muxlislar mehrini qozonish esa Babayanning yaqin kelajakdagi ishlari va jamoaning qaysi yo'ldan qanchalik yaxshi yurishiga bog'liq.

"Paxtakor" poydevorini qurgan, jamoa ananalari qon-qoniga singib ketgan Babayanni "sherlar"ning hozirgi kundagi eng principial raqibi bo'lmish "Loko"ga o'tgani juda qiziqarli transfer. Mavsum transferi desak mubolag'a bo'lmaydi. Babayanning "Loko"dagi ilk qadami  "Paxtakor"ga qarshi o'yin orqali boshlanishiga ham ramziy mano bor. "Paxtakor"da ozmi-ko'pni o'z ishini qilgan mutaxassis sobiq jamoasining principial raqibi "Loko"da ham hammasini boshqattan isbotlashiga to'g'ri keladi. Buni uddalash va yuqori bosim ostida ishni davom ettirish oson bo'lmaydi. Lekin Babayanda bunga etarlicha immunitet va salohiyat bor. Lekin endi qo'shni va raqibga aylangan "Paxtakor"da ham durust qarama-qarshilik qiladigan SHota Arveladze kelgan.

"Paxtakor"dan Babayanni ketishi va SHota Arveladzeni kelishi bilan yangi davr boshlandi. "Loko"ga esa Babayan kelishi bilan yangi davr eshik qoqmoqda. Buyog'iga qiziq bo'ladi, ishonavering...

Muallif :
Reyting: -238   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика