So’nggi yangiliklar

11:50"Атлетико" Аргентина терма жамоасининг яна бир вакилини харид қилмоқчи  0 11:21Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди  0 10:45"Андижон"нинг янги легионери: "Максим Шацких Украина футболи учун ҳақиқий афсонадир"  4 10:07Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ким қанча ишлаб олди?  5 09:30Ўтган мавсумдаги Суперлиганинг "энг яхши ёш футболчиси" фаолиятини водий жамоасида давом эттиради  2 08:53Терма жамоамизнинг яна бир аъзосига Греция ва Ла Лига 2 жамоасидан қизиқиш бор  16 08:19"Реал" ўз тарбияланувчисининг қайтганини эълон қилди  8 07:47Терма жамоамизнинг яна бир аъзоси легионерга айланди. Унинг янги жамоасидаги рақами ҳам маълум  7 07:39Ўзбекистон МТЖ аъзоси Эрон чемпиони билан шартнома имзолайди  11 01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  17 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  7 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  3 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  1 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  3 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  10

Mavsum oxirlamoqda, chet elga ketishni xohlovchilar bormi? Yangiliklar

Mavsum oxirlamoqda, chet elga ketishni xohlovchilar bormi?

2011 yilgi Osiyo Kubogi ko'plab o'yinchilarimizning xorij chempionatlariga yo'l olishiga zamin yaratgandi.
O'sha musobaqadan keyin Jasur Hasanov, SHavkat Mullajonov, Odil Ahmedov, Aziz Haydarov singari futbolchilarimiz boshqa chempionatlarga o'tib ketishdi. Vaqt o'tib ular qanchalik o'zgarganini, chet elda o'ynash futbolchiga qanday foyda berishini mana endi ko'rib turibmiz. Uzoqqa bormasdan milliy terma jamoamizning yaqinda o'tkazgan o'rtoqlik uchrashuvlarini olaylik. Toshkentda Yangi Zelandiyani mag'lub etdik. Nimaning evaziga? Albatta, legioner futbolchilar tufayli.

Undan keyin BAAni 4:0 hisobida dog'da qoldirdik. Bu ham legionerlar tufayli sodir bo'lgani ko'p bor yozildi. Mahalliy o'yinchilarga tayanib Osiyo o'yinlarida sovrindor bo'la olmadik. O'rtoqlik bahsida Qatardan 0:3 hisobida engildik. Tarkibga legionerlar qo'shilgandi, Bahrayn bilan 0:0 o'ynadik, keyin esa BAAni mag'lub etdik.

Sir emaski, terma jamoamizning bugungi asosiy kuchi legionerlarda bo'lib qoldi. Ularning o'yini qovushsa, hammaning o'yini chiqyapti, shunga yarasha natija ham bo'lyapti. Men hali birorta legionerning o'yini o'xshamay turganda o'zimizning oliy liga futbolchimiz yarq etib porlaganini ko'rganim yo'q. Masalan, ko'pchilik tomonidan maqtalayotgan Sardor Rashidovni olaylik. Rashidov terma jamoada hali o'zini ko'rsatmadi va taxminimcha, o'zimizning oliy ligada o'ynab ko'rsata olmaydi ham. Futbolchi o'sishi uchun chet elga ketishi shart. Boshqa futbolchilar xususida ham shu fikrni aytsak bo'ladi.

Hech etibor berganmisiz, Yaponiya yoki Janubiy Koreya terma jamoalarida legioner mahalliy o'yinchidan yaqqol bir kalla ajralib turmaydi. Masalan, Makoto Xasebe yoki Keysuke Xonda maydonga tushmasa va murabbiy mahalliy futbolchi Yasuxito Endoga imkoniyat bersa, maydonga tushgach bemalol o'ynab ketaveradi. Yoki o'sha “Bayer”dagi Son Xyon Min ham terma jamoaga kelganda koreyalik boshqa o'yinchilardan yaqqol ajralib turmaydi.

Bizda esa sal boshqacha. Odil Ahmedov o'ynamaydigan bo'lsa, darhol o'rniga o'yinchi bormi deb qidirishga tushib qolamiz. Anzur Ismoilovdan kuchliroq himoyachi o'zimizning o'yinchilar orasida ko'zga tashlanmayapti. Yoki Vitaliy Denisov bilan tengma-teng raqobatlasha oladigan chap qanot himoyachisi oliy ligada bormi? Yo'q, albatta. Buning sababi shundaki, chempionatlar saviyasidagi farq juda katta. Denisov yoki Ahmedov uchun Rossiya chempionatining har bir turi finaldek gap. Bizda esa futbolchi bir oyda bitta yo bo'lmasa ikki oyda bitta juda muhim uchrashuvni o'tkazadi. Mana shuning uchun ham legionerlar va mahalliy o'yinchilarimiz orasidagi tafovut borgan sari kattalashib boryapti.

Toshkentda yaqin vaqt ichida nechta o'yin ko'rgan bo'lsam, faqat uchtasida men kutgan shiddat kuzatildi: “Lokomotiv” - “Bunyodkor”, “Bunyodkor” - “Nasaf” va “Lokomotiv” - “Paxtakor”. Vaholanki, yaqin ikki-uch oy ichida poytaxtda nechtalab o'yin bo'lmadi deysiz. Avvalgi turda chempionlikni boy berib qo'ygani uchun tushkunlikka tushib qolganidan foydalanib nima uchun “Dinamo” “Loko”ga jiddiy qarshilik qila olmadi? Qarshilik tugul “Dinamo” o'yinida birorta tuzuk hujum yo'q. Endi o'zingiz o'ylang, bunaqa futbol bilan o'yinchi qanday qilib shakllanishi mumkin? O'yinchi qarshilikni his qilmasa, bosimni sezmasa, undan kuchli futbolchi chiqadi deb ayta olamizmi?

BAAda o'tkazilgan oxirgi ikkita o'rtoqlik uchrashuvi shuni ko'rsatdiki, agar chet elda o'ynayotgan legionerlarimiz yaxshi formada bo'lsa, Osiyo Kubogida nimadir qila olamiz. Lekin murabbiylarning kuni yana oliy ligamiz o'yinchilarida qoladigan bo'lsa, unda nari borsa Osiyo o'yinlaridagi natijani takrorlaymiz. SHunday ekan, legionerlar jarohat olmasin, doim sog' bo'lsin deb niyat qilganimiz maqul. Avvallari mavsum yakuniga etganidan keyin ko'plab futbolchilar chetga yo'l olishardi. Hozir bu ham yo'q hisobi. Masalan, Osiyo o'yinlarida namoyish etilgan futboldan so'ng biznikilardan hech kimga chel el klubining qiziqishi bo'lmasligi turgan gap. Oliy ligani-ku o'zimizdan boshqa hech kim kuzatayotgani yo'q. Negadir jamoalarimizda chet elga oshiqayotgan futbolchi ko'rinmayapti, balki bordir, lekin o'yini bilan bunga loyiqligini yil bo'yi namoyish etgan o'yinchini hozircha ko'rganim yo'q.

Muhtaram, o'quvchi! Bu borada Siz qanday fikrdasiz? Sizningcha, bu yilgi mavsumda chindan ham chetga ketishga ishtiyoqmand, borsa ham o'ynab keta oladigan futbolchi ko'zga tashlandimi? Agar bor bo'lsa, kimlarni misol tariqasida keltira olasiz?

X.Xoliqov.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика