Mauricio Sarri “Inter”ga qarshi o'yindan so'ng nimalar dedi?
07 okt 2019 08:20
Yangiliklar
Mauricio Sarri “Inter”ga qarshi o'yindan so'ng nimalar dedi?
“Yuventus” ustozi “Inter” ustidan safarda qo'lga kiritilgan g'alabadan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Jamoamiz o'z rivojlanishi yo'lida muhim qadamlarni tashlashga ulgurdi. Ammo o'yin davomida ustunlikni saqlab turish, maydon bo'ylab katta ustunlikka erishish bo'yicha ishlash kerak. Raqibning har qanday hujumini barbod qilib, ko'proq vaqtni raqib jarima maydonchasi atrofida o'tkazish lozim. Tarkibimiz chuqurroq himoylanishga ham o'rganib bormoqda. Bu albatta, bosqimcha-bosqich bo'ladi. O'yinimizni yanada kuchaytira olishimizga ishonyapman”, — deydi Sarri.
Fikrlar