Mauricio Sarri: "CHelsi"da menga qiyin bo'ladi, deb o'ylagandim"
02 noy 2018 23:14
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/460904_original.jpg)
![](/upload/storage/460904_220.jpg)
Mauricio Sarri: "CHelsi"da menga qiyin bo'ladi, deb o'ylagandim"
"CHelsi" bosh murabbiyi Mauricio Sarri ushbu mavsumda APLning 10 o'yinini mag'lubiyatsiz boshlashni kutmaganligini aytib o'tdi.
Keyingi turda "aristokratlar" yutqazishmasa, APL rekordini takrorlashlari mumkin.
"Hozir rekordlar to'g'risida o'ylashni xohlamayman. Biz faqat o'yin haqida o'ylashimiz va natijani qo'lga kiritishimiz kerak"
"Rekord - bu o'yin mahsuli. SHogirdlarimga ushbu bahsni ahamiyatli ekanligini tushuntira olishim lozim. Yaxshi natijaga tezda erishsa bo'ladimi? Yo'q, unday emas. Butun faoliyatim shuni ko'rsatdiki, dastlabki ikki oyda qiyinchilik bo'ladi. Bu erda ham shunday bo'lsa kerak, deb o'ylagandim. Omadim bor ekan. "CHelsi"da o'ylaganimdan oson bo'lmoqda. Futbolchilar murabbiyning o'yinni taktik tashkil etish chizmalarisiz ham uchrashuvni o'z foydalariga hal qila olish qobiliyatiga ega", - dedi Sarri.
O’xshash yangiliklar
09:15
O'rtoqlik uchrashuvi. "Manchester Siti" - "CHelsi" 4:2, Gollarning uchtasini Holland "mixladi" 1
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar