Maunt uchun omadsiz stadion
15 may 2022 09:50
Yangiliklar


Maunt uchun omadsiz stadion
Angliya kubogi finalida “CHelsi” penaltilar seriyasida “Liverpul”ga imkoniyatni boy berdi.
23 yoshli Meyson Maunt faoliyati davomida 6-marotaba “Uembli” stadionida final bahsida maydonga tushib, omadsiz seriyasini davom ettirdi. U 11 metrlik nutqadan zarba berishda ham adashdi.
Barchasi 2019 yildan boshlangan va Maunt “Derbi Kaunti” safida APL pley-off finalida “Aston Villa”ga yutqazgandi. Keyingi 3 yil (2020, 2021, 2022) esa “aristokratlar” bilan kubok finalida hamda joriy yil Liga Kubogining hal qiluvchi bahsida ham “Liverpul”ga imkoniyatni boy berildi. SHuningdek, u Angliya TJ tarkibida Evro-2020 finalida Italiya termasiga mag'lub bo'ldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar