Maudrissa Traore: "O'zbekiston chiroyli davlat ekan, biz bu erda ajoyib hordiq chiqardik"
24 avg 2016 22:37
Yangiliklar
Maudrissa Traore: "O'zbekiston chiroyli davlat ekan, biz bu erda ajoyib hordiq chiqardik"
- Biz uchrashuv natijasidan emas, o'yin jarayonidan qoniqdik. O'yin biz uchun yaxshi boshlangandi. Umuman olganda, yomon o'ynamadik. Birgina gol bahs taqdirini hal etdi. Murabbiy sifatida bu bellashuv orqali o'zim uchun kerakli xulosalarni chiqarib oldim.
Bu Burkina Faso terma jamoasining mahalliy futbolchilardan tashkil topgan jamoasi sanaladi. FIFA kuni bo'lmagani sababli, bu bahsga asosiy tarkib futbolchilarimiz kela olishmadi. SHu bois, biz terma jamoaga nomzod futbolchilarni ko'zdan kechirib oldik.
O'FFga o'yin uchun, ajoyib munosabat uchun katta tashakkurlarimizni bildiramiz. Bu o'yin orqali biz yangi do'stlar, tanishlar orttirdik. Futbol bahona biz O'zbekistonni yaqindan bilib oldik. Ajoyib davlatning yaxshi insonlari bilan tanishdik, ularning iliq munosabati bizni ko'nglimizni yanada ko'tardi. Biz bu erga xuddi tatil o'tkazgandek bo'ldik. Ajoyib hordiq chiqarib ortga qaytyapmiz, - deydi murabbiy.
SHahboz Beg'amov
Fikrlar