Matich umid qilmoqda
18 mar 2018 12:13
Yangiliklar


Matich umid qilmoqda
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Nemanya Matich Angliya Kubogi 1/4 finali doirasida "Brayton" (2:0) ustidan qozonilgan g'alabadan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Sevilya"dan uchralgan mag'lubiyat bizga og'ir botdi, o'yindan keyin butun jamoaning kayfiyati tushib ketdi. Asosiysi bugun biz to'g'ri yo'lni tanladik va Angliya kubogining keyingi bosqichiga o'tdik. Xatolardan foydalanadigan yaxshi raqib bilan o'ynayotganda 1:0 - xavfli hisob. Ikkinchi golni ham urish kerak edi va buni uddaladik. "Manchester Yunayted" tarkibida o'ynar ekansan, bu klub muxlislari har doim katta sovrinlarni kutishini his qilar ekansan. Umid qilamanki, Angliya kubogini yuta olamiz", - dedi Matich.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar