Matich kelasi yozda "Inter"ga yo'l olishi mumkin

Alisher
16 noya 2020, 11:20
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Nemanya Matich yozgi transferlar oynasida klubni tark etishi mumkin.

O'yinchida bosh murabbiy Ole-Gunnar Sulsher bilan munosabatlar yaxshi emas, shu sabab 32 yoshli serb "Inter"ga o'tishi mumkin.

Xabarlarga ko'ra, Matichga shuningdek "Yuventus" va PSJ klublari ham da'vogarlik qilmoqda.

Serbiyalik xavbek joriy mavsum APL doirasidagi 3ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: La Gazetta dello Sport