Matich: "Har uch kunda o'ynaymiz, ammo "CHelsi" bunga tayyor"
23 sen 2015 10:45
Yangiliklar
Matich: "Har uch kunda o'ynaymiz, ammo "CHelsi" bunga tayyor"
"CHelsi" yarim himoyachisi Nemanya Matich "Arsenal" ustidan qozonilgan g'alaba muvaffaqiyatlarning boshlanishi deb hisoblaydi.
"Bu o'yinda g'alaba qozonish muhim edi. Yutsang o'zingi yaxshiroq his qilasan.
Maydonda biz xavfliroq ko'rindik. Menimcha, endi ruhan ham kuchliroqmiz. Bosim odatdagidan kuchliroq edi, chunki bizda bor-yo'g'i 4 ochko bo'lgan, ammo vaziyatni to'g'ri qabul qildik. Biz bir jamoa bo'lib o'ynadik va bu hali boshlanishi.
Ikki o'yinda 6ta gol urdik va birorta gol o'tkazib yuborganimiz yo'q. SHu ruhda davom etish lozim. Endi o'yinlar har uch kunda bo'ladi, lekin "CHelsi" bunga tayyor. Qiziq bo'ladi! Ko'ramiz, nimaga qodir ekanmiz. Biz keyingi uch uchrashuvda ham g'alaba qozona olishimiz mumkin" - deydi Matich.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Испания Кубоги. "Атлетико" илк ўйинда "Барселона" дарвозасига жавобсиз 4 та гол урди
Эрик Гарсия: "Сўнгги пайтларда ҳакамларнинг бирорта қарори бизнинг фойдамизга бўлмаяпти"
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar